So’nggi yangiliklar

20:30ПСЖ Баркола ҳеч қаерга кетмаслигини билдирди  0 19:53Суперлига. "Динамо" - "Бунёдкор" 0:2 (матнли трансляция)  11 19:30"Реал" Лунинни МЮга қўйиб юбормади  0 19:01Про лига. "Олимпик-MobiUz" – "Жайхун". Таркиблар маълум  0 18:53Эрон 2026 йилги Жаҳон чемпионатида иштирок эта олмаслиги мумкин  24 18:20"Барса" футболчиси Францияга кетмоқда  0 17:52Турки Ал аш-Шайх Англия клубини сотиб олиш ҳақида ўйламоқда  0 17:24Вирцни қўлдан чиқарган "Бавария" "Арсенал" футболчисига юзланди  1 16:55Исландиялик иқтидор "Рома"ни қизиқтирмоқда  3 16:27Қаҳрамонлик ортидаги оғриқ: Беллингем операция столига ётади  6 15:59"Фиорентина" юлдузи "Манчестер Юнайтед" нишонида  0 15:33Диёр Холматов голини нега Асенсио услубида нишонлагани ҳамда топ-5 чемпионатга йўл олиши ҳақида гапирди  12 15:07Тео Эрнандес "Ал Ҳилол"га ўтишга рози бўлди, клублар келишувга эришди  1 14:39"Суонси" собиқ устози аэропортда ишламоқда  4 14:10Брайан Риаскос: "Ҳужумдаги исталган позицияда ўзимни қулай ҳис қиламан"  3

Azizbek Amonov: "Tajribali futbolchilar maydonda yordam berishmoqda" Yangiliklar

Azizbek Amonov: "Tajribali futbolchilar maydonda yordam berishmoqda"

Oliy Liga 3-turining qoldirilgan bellashuvida “Lokomotiv” “Metallurg”ga qarshi bahs yuritdi va 3:1 hisobida g'alabaga erishdi.

Uchrashuvda “Lokomotiv” jamoasining yosh yarim himoyachisi Azizbek Amonov Oliy Ligadagi debyut golini kiritishga muvaffaq bo'ldi. Istedodli futbolchi klub matbuot xizmatiga o'zining o'yin xususidagi fikrlarini bildirib o'tdi:

- “Metallurg”ga qarshi qiyin uchrashuv o'tkazdik. Sababi raqib jamoa ham ancha yaxshi o'yin namoyish etdi. Lekin yakunda baribir “Lokomotiv” 3 ochkoni qo'lga kirita oldi.

Ushbu g'alabada mening ham oz bo'lsa-da xissam borligidan mamnunman. Murabbiylar ishonib maydonga tushirishdi. Ularning ishonchini oqlashga urindim. Qo'ldan kelgancha harakat qildim. Gol kiritilgan vaziyatda esa jamoadoshlarimning ulushi juda katta bo'ldi. Aynan ulkan tajribaga ega futbolchilar menga maydonda qanday harakatlanishim borasida tavsiyalar berib turishdi. Bunday qo'llab-quvvatlashdan mamunman.

Keyingi o'yinlarda ham jamoamiz g'alaba qozonaverishini istayman. G'alaba – butun jamoaniki. Unda bugun maydonga chiqqan barcha-barchaning xissasi bor, - deydi yosh futbolchi.


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика