Aziz To'xtaboev: “Maqsadimiz mavsumni g'alaba bilan tugatish edi”
01 dek 2019 16:57
Yangiliklar
Aziz To'xtaboev: “Maqsadimiz mavsumni g'alaba bilan tugatish edi”
- “Navbahor” bilan bo'lgan bahs kutilmaganda ikki kunga cho'zildi. Bunaqa holatga oldin duch kelmagan edik. Biz bu uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rgan edik. Maqsadimiz mavsumni g'alaba bilan tugatish edi. Baribir futbolchilarimizga ko'rsatgan o'yinlari uchun rahmat aytaman. Ular maydonda borlarini berib harakat qilishdi. Juda ko'plab vaziyatlarda O'tkir Yusupov ham mehmonlarni goldan qutqarib qoldi. Yusupovni qanday darajadagi darvozabon ekanligini yaxshi bilamiz. Stadionga kelgan muxlislarga, o'ylaymanki kechagi va bugungi o'yinlar maqul bo'ldi.
Barcha muxlislarimizga butun mavsum davomida, yaxshi va yomon kunlarimizda biz bilan birga bo'lib, jamoamizni qo'llab-quvvatlaganlari uchun barcha jamoa azolari nomidan hamda o'z nomimdan minnatdorchilik bildiraman.
Mavsum tugadi. Endi biroz nafasni rostlab kelgusi rejalar haqida o'ylaymiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar