So’nggi yangiliklar

00:28ОФФА Президенти Ровшан Нажаф ФИФА Президентига миннатдорлик билдирди  0 00:15Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" тарихий ўйинда ишончли ғалаба қайд этди  0 23:53Европа лигаси. "Бетис"да ғалаба, "Рома" ўз майдонида ютқазди ва бошқа натижалар  0 23:25Муҳим ўйинлар олдидан "Ливерпуль"да жуда жиддий йўқотиш бор  3 23:06Анчелотти Бразилия термасининг сардори ким бўлишини маълум қилди  2 22:43Исроил нега мусобақалардан четлатилмаяпти? Инфантино жавоб берди  14 22:14Игорь Иванович Химич — “Нефтчи” футбол академияси директори  2 21:55Чақир, Мбаппе, Хойлунд - ЕЧЛда ҳафта рамзий термаси маълум қилинди  0 21:31ЎФА Фабио Каннаварога қанча муддатли шартнома таклиф қилган? Тимур Кападзенинг термадаги тақдири нима бўлади?  53 21:13Фабрицио Романо: Ўзбекистон термасини "Олтин тўп" соҳиби бошқаради  65 20:56ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  3 20:25Гаиска Мендьета: "Хави МЮда ишлашга ўзини тайёрлаб келмоқда"  3 19:53"Парма" ҳужумчиси Англиянинг учта клуби эътиборига тушди  1 19:30Терма жамоа дарвозабони, Қосимовни ютган мураббий, 21 ёшли футболчи — Суперлигада 23-турнинг энг яхшилари   7 19:13Тўрақулов, Искандеров, Ҳожимирзаев, Сергеев ва бошқалар... Суперлига 23-тур рамзий терма жамоаси  2

Aziz Nuriy: "Superliga bahslari davom ettirilishi kerakmi? Yo'q!" Yangiliklar

Aziz Nuriy: "Superliga bahslari davom ettirilishi kerakmi? Yo'q!"

Ayni paytda yurtimizda koronavirus pandemiyasining ikkinchi to'lqini kuzatilmoqdaki, buni barchamiz ko'rib, bilib, eshitib turibmiz.

SHu boisdan Maxsus komissiya qarori bilan 1 avgustga qadar yana avtomobillar harakati cheklanib, kasallik zanjirini uzish maqsadida shanba va yakshanba kunlari barcha uyda qolishi kerakligi aytilayapti.

Albatta bu jarayonning qancha vaqt davom etishi (kasallikning butkul yo'q bo'lib ketishi) yolg'iz Yaratganga ayon. Etibor bergan bo'lsangiz, oxirgi 9-tur oldidan “Bunyodkor” futbolchilaridan biri COVID-19 bilan kasallanganligi haqida xabarlar tarqaldi va bu tez orada rasman o'z tasdig'ini topdi. Keyinchalik “Surxon”, “Paxtakor” jamoasi vakillarida ham ushbu test “ijobiy” natija bergach, aynan ushbu jamoalar bilan tur doirasida harakatlangan raqib jamoa vakillariga ham g'ulg'ula tushdi. “Paxtakor” bilan 9-turda kuch sinashgan AGMK futbolchilari ertaga COVID uchun test topshirishsa, “Surxon”ni qabul qilib mag'lub bo'lgan “Andijon” ham voha jamoasi vakilidan kasallik chiqqani bois kuni kecha kasallikka chalinmaganliklarini bilish uchun viloyat SESida test sinovii topshirishga majbur bo'lishdi. Taqvim bo'yicha AGMK navbatdagi tur uchrashuvini 22 iyul kuni “Lokomotiv”ga qarshi o'tkazadi. Jamoa azolari ertaga test topshirishsa, uning javobini “Loko” bilan o'yindan keyin olishlari aniq. Xudo ko'rsatmasinu, test olmaliqlik futbolchilarning ayrimlarida ijobiy natija bersa, uyog'i nima bo'ladi???

To'g'ri, PFL tomonidan barcha uchrashuvlar karantin qoidalariga amal qilgan holda o'tkazilishi taminlanmoqda. Ammo futbolchilarning o'yin va o'yingacha bo'lgan kunlarda qaerda kim bilan ko'rishganini, ko'rishgan odami kasallikka chalingan yoki yo'qligini nazorat qilish, ochig'ini aytish kerak imkonsiz holat.

Yuqorida nomlari zikr etilgan jamoa vakillari aynan ushbu kasallikka chalingach, boshqa klub futbolchilari ham vahimaga tushib qolganligi bor gap. Bir qator jamoalarning futbolchilari keyingi tur o'tkazilish yoki o'tkazilmasligi borasida bir necha bor murojaat qilishdi. Qolaversa Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan kunlik elon qilinayotgan statistika ham ikki oy avvalgisiga qaraganda ancha sovuq va qo'rqinchli raqamlarni tashkil qilmoqda. Tabiiyki bunday holatda ko'pchilik qatori futbolchilar va ularning oila azolari ham vahimaga tushishlari aniq. O'g'li “Paxtakor”da to'p tepayotgan ota-ona jamoada besh nafar futbolchi koronavirusga chalinganligi haqidagi xabarni o'qigach, qanday ahvolga tushishini ko'z oldingizga keltiravering. Yoki o'tgan turda “Surxon” bilan to'p tepgan jamoa azolari raqib safidagi futbolchining shu kasallik bilan og'riyotganini eshitgach, ichidan qanday shubha-gumonlar o'tadi deb o'ylaysiz?

To'g'ri, kuz oylarida yurtimizda Osiyo chempionati bahslari o'tkazilishi bois ushbu musobaqa chempionat bahslariga halaqit qilmasligi uchun hozir Superligani davom ettirish talab etiladi. Ammo pandemiya sabab dunyo miqyosidagi yirik musobaqa – Olimpiada o'yinlari bir yil ortga surildi. To'rt yilda bir marta o'tkaziladigan futbol bo'yicha Evropa chempionati bahslari ham 2021 yilda o'tkaziladigan bo'ldi. Bundan ko'rinib turibdiki, kasallik hech kim bilan hazillashayotgani yo'q va sog'lik inson uchun har narsadan afzal boylik ekanligini so'nggi oylarda barchaga isbotlab qo'ydi.

SHunday ekan, pandemiya “hovuridan tushib”, kasallik zanjirini uzib, epidemiologik vaziyat biroz bo'lsada, o'z holiga tushguniga qadar Superliga bahslari to'xtatib turilsa, maqsadga muvofiq bo'lardi. Nima dedingiz?

Aziz NURIY.

Reyting: -16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика