Aziz Ibragimov: "Muxlislarga g'alaba taqdim etganimizdan xursandmiz"
12 avg 2014 15:04
Yangiliklar
Aziz Ibragimov: "Muxlislarga g'alaba taqdim etganimizdan xursandmiz"
Xorijdagi uzoq yillik faoliyatidan so'ng yurtimizga qaytgan Aziz Ibragimov “Andijon” safida o'ynashni boshladi.
CHexiyadan sertifikat qog'ozlari kelgach yarim himoyachi 15-turda “Qizilqum”ga qarshi uchrashuvda maydonga tushdi. Etiborlisi, Ibragimov birinchi o'yinidayoq gol urib, o'ziga bildirilgan ishonchni oqlashni boshlashdi. Albatta, shu kuni u ishqibozlarga yoqadigan o'yin namoyish etdi. Gol urishdan tashqari Aziz o'yin davomida bir necha bor kuchli zarbalari bilan raqib darvozasiga xavf tug'dirdi. “Qizilqum”ga qarshi kechgan o'yindan so'ng futbolchi bilan suhbatlashdik.
- Birinchi navbatda jamoamiz muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman, - deb gap boshladi Ibragimov. – “Andijon” qiyin ahvolda qolgan bo'lishiga qaramay, buning ustiga bunday issiq havoda ular stadionga kelib bizni munosib tarzda qo'llab-quvvatlashgani uchun rahmat aytaman. O'ylaymanki, ishqibozlarimizning ishonchini oqlay oldik. Muxlislarga g'alaba taqdim eta olganimizdan xursandmiz. Xudo xohlasa, keyingi o'yinlarni ham mana shunday o'tkazishga harakat qilamiz. O'yin jarayoni haqida gapiradigan bo'lsam, biz bu uchrashuvda qarshi hujum taktikasiga tayanab o'ynadik. CHunki hozir tarkibimiz yangi va bir-birlarimizni to'la tushunib olishlarimiz vaqt kerak bo'ladi. Faqat hujumni o'ylab oldinga tashlansak noto'g'ri bo'lardi. SHu bois murabbiylarimiz yaxshi taktika tanlashdi deb o'ylayman. Birinchi bo'limda bu taktikadagi o'yinimiz o'z samarasini berdi va ikkita hujumimiz gol bilan yakunlandi. Balki muxlislarga yoqadigan shiddatli o'yin ko'rsatmagandirmiz, lekin muhimi biz uchun 3 ochko edi va buni qo'lga kirita oldik.
- “Qizilqum” darvozasini chiroyli tarzda ishg'ol qildingiz...
- Hazil tariqasiga Abdulatifga “Qizilqum” bilan o'yinda ikkalamiz ikkitadan gol uramiz deb aytgandim. Niyatimiz xolis ekan maqsadimizga erishdik. Uchrashuvdan bir kun oldin “Sog'lom avlod” stadioniga kirib kelayotganimizda navoiyliklar mashg'ulotlarini yakunlashayotgan ekan. Ana shu vaziyatda “Qizilqum” futbolchilari darvozabonga zarbalar berish ustida ishlashayotgandi. Raqib posboni Makosin to'p tepilayotganda o'z joyini tashlab oldinga chiqib ketayotganiga etibor qaratdim. Buni ana shu paytda jamoadoshlarimga ham aytgandim. Birinchi bo'lim oxirlarida to'p menga tushganda darvozabonni oldinga chiqib ketganini ko'rdim va darhol o'sha holatni yodga olib to'pni uzoqdan tepishga qaror qildim. Yo'llagan zarbam esa aniq chiqdi. O'yin davomida gol urishim uchun yana imkoniyatlar bo'ldi. Biroq keyingi vaziyatlarda zarbalarim noaniq ketdi.
- O'yin taqdiri birinchi bo'limdayoq hal bo'ldi. Umuman tanaffusda murabbiylar tomonidan qanday ko'rsatmalar berilgandi?
- Ikkinchi taymda “Qizilqum” o'yin tempini oshiradi deb o'ylagandim. Yaxshiki, unday bo'lmadi. Birinchi bo'lim tugagach kiyinish xonasiga kirganimizda murabbiyimiz hisobni 0:0 deb o'ylab harakat qilishda to'xtamanglar deb uqtirdi. SHuningdek, mana shu o'yinimizni ikkinchi taymda ham davom ettiringlar deb aytdi. Bugun murabbiylarimizning ko'rsatmalarini bajara oldik deb o'ylayman.
- Muxlislar g'alabani ancha sog'inib qolishgandi. Jamoa etakchisi sifatida g'alabali o'yinlar davom etishiga ishonasizmi?
- Agar “Andijon”ni oliy ligada qolishiga ishonmaganimda bu erga kelmasdim. Murabbiylar ikkinchi davraga yaxshi jamoa shakllantirishdi. Garchi “Paxtakor”ga qarshi bahsda ko'plab asosiy futbolchilar to'p surishmagan bo'lsa-da, jamoadoshlarim yomon o'yin ko'rsatishgani yo'q. Aslida “Paxtakor”ga qarshi o'zimni ham o'ynash niyatim bor edi. Biroq CHexiyadan sertifikatim kelmagani bois maydonga tusha olmadim. Mana endi hammasi joyida va keyingi turda “Mashal” bilan bahsda safardan ochko olib kelishga harakat qilamiz.
- Uzoq tanaffusdan keyin chempionatimizda dastlabki uchrashuvingizni o'tkazdingiz. O'tgan 8 yildan so'ng sizga qanday o'zgarishlar sezilyapti?
- Bugun juda issiq havoda to'p surdik va bu biroz qiyinchilik tug'dirdi. Birinchi o'rinda shu narsa bilindi. CHunki CHexiyada havo salqin va o'yinlar ham kechroq o'tkaziladi. SHu bois ob-havoga ko'nikishim qiyin bo'ldi. O'yin borasida gapiradigan bo'lsam, avval qanday bo'lsa hozir ham deyarli shunday. Katta o'zgarishlarni ko'rganim yo'q. Faqat bir jihatni aytishim mumkin, to'p egallab olganingizdan so'ng qaerga pas berish borasida fikrlab olishingiz uchun sizda imkoniyat bo'ladi. Evropada esa unday emas tez fikrlab qaror qabul qilish kerak bo'ladi. Lekin bu bilan bizning chempionatda o'yinlar sekin demoqchi emasman. Baribir Osiyo va Evropa futbolida farq bor. Evropada tezkorlik va jismoniy holatga etibor qaratilsa, bizda texnikaga hamda jamoaviy o'yinga katta urg'u beriladi.
- Ikkinchi davra boshlandi. Jamoalar haqida fikringiz qanday?
- To'g'risi, 8 yillik tanaffusdan keyin ko'plab futbolchilar va jamoalar men uchun notanish. Buning ustiga o'yinlar endi boshlandi. SHuning uchun raqiblarning kuchiga hozirdan baho berishim qiyin. Avvalgi turda “Paxtakor”ning o'yinini kuzatdim. Ammo jamoa menga u qadar kuchli ko'rinmadi. Balki o'rtada bir oy tanaffus bo'lgani o'z tasirini ko'rsatgandir. Boshqa jamoalar to'g'risida esa o'ynaganimizdan keyin bir nima deyishim mumkin.

Fikrlar