Aziz Ibragimov: "3 ta gol o'tkazib yuborish himoyadagi muammoni ochib berdi, KXDR bilan ham oson bo'lmaydi"
15 noy 19:21
Yangiliklar
Aziz Ibragimov: "3 ta gol o'tkazib yuborish himoyadagi muammoni ochib berdi, KXDR bilan ham oson bo'lmaydi"
O'zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi Aziz Ibragimov Qatar bilan o'yindan so'ng (3:2) fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'yinga keladigan bo'lsak, himoyadagi xatolarimiz ko'rinib qoldi. 3 ta gol o'tkazib yuborish bundan dalolat beradi. Futbolda "meloch" degan narsa yo'q. SHomurodovning jarohati ham tasir qildi deb o'ylayman. Qatar uchun bu oxirgi imkoniyat edi. G'alaba orqali imkoniyatini ko'tarib oldi. Ijobiy tomoni shuki, 0:2 hisobidan chiqib keta olishdi. Kambek bo'lishi mumkin edi. Oxirgi daqiqalarda diqqat etishmadi. Oldinda KXDR bilan oson o'yin bo'lmaydi. Ular ham Eron bilan o'yinda 0:3 hisobidan chiqib ketishga harakat qildi. Yaxshi tayyorgarlik talab etiladi.
Fikrimcha, hozir murabbiy almashtirishni yaxshi qaror deb o'ylamayman. Futbolchilar ham qandaydir masuliyatni zimmasiga olishi kerak", – deydi Aziz Ibragimov.
Fikrlar
Terma jamoa futbolchilari darajasi yuqori bizga Germaniyalikmi kuchliroq murabbiy kerak. 37 million axolosi bor mamlakat bunga munosib.