Aziz Haydarov terma jamoamiz lageriga kelib qo'shildi
19 dek 2014 12:00
Yangiliklar

Aziz Haydarov terma jamoamiz lageriga kelib qo'shildi
Kecha "Dafra" jamoasi mehmoni bo'lgan "Al SHabab" qiyinchilik bilan bo'lsada, o'zi uchun kerakli bo'lgan uch ochkoni qo'lga kiritdi.
Uchrashuvning 10-daqiqasidayoq Enrike Luvannor qizil kartochka olib maydonni tark etdi. Bir kishi kam bo'lib o'ynashiga qaramasdan "Al SHabab" hisobni ochdi. Isso Muhammad 38-daqiqada hisobni ochdi. Diop esa birinchi bo'lim tugashiga bir daqiqa qolganida javob to'pini kiritdi. Omad bari-bir hamyurtimizga kulib boqdi. 85-daqiqada Vilyanueva "Al SHabab" uchun o'ta muhim bo'lgan golni urdi.
Mazkur g'alabadan so'ng "Al SHabab" turnir jadvalining ikkinchi pog'onasiga ko'tarilib oldi, "Al Ayn" esa bitta kam o'yin o'tkazgan holda bir ochko farqi bilan birinchi o'rinda turibdi. 22 dekabr kuni mazkur ikki jamoa Dubayda o'zaro kuch sinashadilar.
Aziz Haydarov o'yinga qadar MTJ ixtiyorida bo'ladi va uchrashuv kuni jamoasining tarkibidan joy oladi.

Fikrlar