Aziz Haydarov: "Hech qanday bahona bo'lmasligi kerak"
04 mar 2014 12:15
Yangiliklar

Aziz Haydarov: "Hech qanday bahona bo'lmasligi kerak"
OK-2015 saralashi doirasidagi O'zbekiston - BAA uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Aziz Haydarov ham ishtirok etdi.
"Yig'inimiz ko'ngildagidek o'tdi. Barcha yig'ildi. Tan olishimiz kerak, raqibga qaraganda tayyorgarligimiz pastroq bo'lishi mumkin. CHunki mavsum endi boshlanayotganligini unutmasligimiz kerak. Ammo bu bahona bo'lmaydi va biz bitta o'yinga tayyorlana olamiz. Ochkolar muhim bo'lmasada, o'yinning pricipialligi birinchi planga chiqadi", - deydi Aziz Haydarov.
- Siz bizning ligamizning eng saviyali legioneridan biri sanalasiz. BAA chempionati bilan tanish futbolchisi sifatida Ismoil Matar va Umar Abdulrahmon kabi futbolchilarni kelmaganligini inobatga olmasa, qaysi o'yinchilarimizni kuchli deb bilasiz? (BAAdan kelgan jurnalistning savoli)
- Matar ikkinchi o'yinda zaxiradan tushib o'yinni kuchaytira olgan edi. Umar Abdulrahmon esa tartibli va o'z ishini yaxshi ko'radigan futbolchi. matarga qarshi ko'p marotaba maydonga chiqqanman. Ancha tez o'yinchi. Lekin BAA terma jamoasi uchun bu futbolchilar katta yo'qotish emas. Ular uchun eng katta yo'qotish 5-raqamdagi Amirning kelmaganligi. Biz uchun BAA yangi jamoa emas. Har bir futbolchini MTJda tutgan o'rni katta va ular o'ta ahil. SHuning uchun ertangi o'yin biz uchun qiziqarli ko'rinish oladi.

Fikrlar