Aziz Haydarov “Ash-SHabab” bilan Fors Ko'rfazi Kubogini qo'lga kiritdi
28 may 2015 12:50
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/173623_original.jpg)
![](/upload/storage/173623_220.jpg)
Aziz Haydarov “Ash-SHabab” bilan Fors Ko'rfazi Kubogini qo'lga kiritdi
Fors Ko'rfazida joylashgan arab mamlakatlari o'rtasida ananaviy tarzda o'tkazib kelinadigan turnirda bu safar O'zbekiston terma jamoasi azosi Aziz Haydarov to'p suradigan “Ash-SHabab” klubi g'olib bo'ldi.
Fevral oyida boshlangan ushbu musobaqa finali kecha, 27 may kuni bo'lib o'tdi.
Finalga Birlashgan Arab Amirliklarining “Ash-SHabab” klubi bilan birga Ummonning “As-Sib” jamoasi etib kelgandi. Ular o'rtasidagi final uchrashuvining asosiy vaqti 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
O'yindan keyin g'olibni aniqlash uchun amalga oshirilgan penaltilar seriyasida esa 5:4 hisobida BAA jamoasi ustun keldi.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar