So’nggi yangiliklar

14:02"Пахтакор" бир киши кам қолган ва "Шўртан"ни кичик ҳисобда ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 13:45"Навбаҳор" "Бухоро"ни йирик ҳисобда енгган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:30U-20 Осиё Кубоги саралаш босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон Иордания ва Баҳрайн билан бир гуруҳда  0 13:01Игорь Сергеев: "20 та гол уриш керак бўлса-ю, вазифани бажариб, диванга ёнбошлаб олиш мумкин, бироқ..."  3 12:49Сергей Лушчан: "Жиянов ва Одиловда имтиҳон бор, Аҳмедовда жароҳат"  2 12:40"Насаф" "Қизилқум"га ҳеч қандай имкон қолдирмаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 12:24Темур Мамасиддиқов: "'Пахтакор" юқори зонага кўтарилиб ўйнашини яхши билардик"  0 12:19Суперлигада биринчи истеъфо?!  20 12:07Умар Адҳамзода: "Вазифа – чемпионлик. Мавсум аввалида ҳам шундай эди, ҳозир ҳам шундай. Бу йўлда учта рақобатчимиз бор"  1 11:55"Қўқон-1912" "Хоразм" устидан минимал ғалабага эришган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 11:40Шаҳзод Азмиддинов: "Ўн киши ҳимояда ётиб олгандан кейин, бундай мудофаани ёриб ўтиш қийин"  2 11:25Тарихий ютуқ: Арне Слот Англия чемпионатида ғолиб чиққан биринчи нидерландиялик мураббий бўлди  2 10:56Ўзбекистон кубоги. Бугун гуруҳ босқичи якунига етади  0 10:46Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида «Реал»ни ким бошқариши мумкинлиги маълум бўлди  11 10:17«Ал Ҳилол» ТОП ҳужумчининг трансфери бўйича музокараларни бошлади  0

"Aziz G'aniev barcha ishni qilib ko'rdi. Katanec uchun esa kreativ futbolchilar ikkinchi darajali" - Abdulaziz Iskandarov tahlili Yangiliklar

"Aziz G'aniev barcha ishni qilib ko'rdi. Katanec uchun esa kreativ futbolchilar ikkinchi darajali" - Abdulaziz Iskandarov tahlili

Aziz G'anievning terma jamoa ro'yxatidan joy olmagani ko'pchilik muxlislarda katta etirozlarni keltirib chiqardi. O'zimiz ham bu borada ajablandik.

Srechko Katanec jamoasida ijodkorlar ikkinchi darajali

Keling, dastlab terma jamoa tarkibida Qatarga olib ketilgan markaziy yarim himoyachilarga nazar tashlaymiz. Otabek SHukurov, Odil Hamrobekov, Jamshid Boltaboev, Jamshid Iskanderov, Diyor Holmatov Qatarga boradigan ro'yxatdan joy oldi. Tabiiyki, Otabek SHukurov terma jamoada tayanch poziciyasida o'ynaydi. "Qora" ishni bajaradi. Bunga gap so'z yo'q. Odil Hamrobekov ham SHukurovning yonidan joy olishi aniq. Lekin uslub tomonlama olib qaralganda bu ikki futbolchi yuqorida aytganimizdek asosan "qora" ish bilan shug'ullanadi. Odil Hamrobekov bu yil o'z darajasidan pastlaganini, o'yinida pasayish bo'lganini ko'rdik. SHunga qaramay u Katanec jamoasida muhim figura bo'lib qolaveradi. Biz kreativ o'yin qiladigan, nostandart qarorlarga ega Iskanderovga Katanec katta o'yinlarda ishonch bildirmayapti. Bu ko'proq uning falsafasi va uslubi bilan bog'liq, deb o'ylayman. Yani murabbiy o'yinni himoyadan quradi va bunda yarim himoyachilarning himoyalanish sifatlari asosiy planga chiqadi. Osiyo Kubogida ham ijodkor futbolchi Iskanderovning xizmatidan ko'p ham foydalanmasa kerak. Katanec esa bunday tipdagi o'yinchi rolida G'aniev o'rnida Iskanderovni olib ketdi. Aziz G'aniev tayanchda ham, undan oldinroqda ham o'ynay olishini hisobga olsak, SHukurov bilan ham raqobatlashishi mumkin edi. 

Srechko Katanec: "Meni chiroyli fintlar, qoyilmaqom paslar unchalik qiziqtirmaydi. Futbolchilarni chaqirish-chaqirmasligim ular o'ynayotgan chempionatga ham bog'liq"

Aziz G'aniev terma jamoaga munosibmi?

Aziz G'aniev BAA Pro ligasning 2022/23 mavsumidagi barcha 26ta o'yinda maydonga tushdi va maydonda jami 2026 daqiqa to'p tepdi. 3ta gol, 3ta assist qayd etdi. CHempionatning joriy mavsumida 11ta o'yinda 1ta gol, 3ta assist amalga oshirishga ulgurdi. So'nggi 3 mavsumda 60ta o'yinda 5ta gol 10ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Eng muhimi o'z klubida o'rniga ega va muntazam o'yin amaliyotini olib kelyapti. 

Aziz G'aniev "SHabab Al Ahli" bilan so'nggi 3 yilda quyidagi sovrinlarga ega chiqdi:

BAA chempionati ✅

BAA Prezidenti Kubogi ✅

BAA Liga Kubogi ✅

BAA Superkubogi ✅

Aziz G'aniev Katanec boshchiligida birinchi marotaba 2021 yil Malayziya bilan o'yinda maydonga tushgan. SHu paytgacha jami 7ta o'yinda 338 daqiqa imkoniyat bergan. Terma jamoaning oktyabr va noyabr oyidagi yig'inlarda ham tarkibga jalb qildi. Ammo Katanec G'anievga katta ishonch bilan qarayotgani yo'q edi. Turkmaniston bilan o'yinda 1 daqiqa, Vetnam bilan 45 daqiqa, AQSH bilan 22 daqiqa imkoniyat berdi. Faqatgina mart oyida Venesuela bilan kechgan o'rtoqlik o'yinidagina to'liq harakat qildi. Ayrim pallalarda zo'r formada bo'lib turgan paytida ham taklif qilingani yo'q. Yakunda esa Osiyo Kubogiga ham olib ketmadi. 

Jurnalist va murabbiyning qarashlari hech qachon bir joydan chiqmagan. Bizga yoqayotgan futbolchi unga yoqmasligi mumkin. U chaqirayotgan futbolchi bizning qarashimizda noto'g'ridek bo'lishi mumkin. Jurnalistlar nega bosh murabbiyni tanqid qiladi, u ko'rmayotgan narsalarni jurnalist ko'radi. Terma jamoada barcha o'ynashga haqli bo'lishi, barcha uchun eshik ochiq bo'lishi kerak. O'zini ko'rsatayotgan futbolchiga yopilishi kerak emas. Ammo Katanecning terma jamoasi klubga o'xshab qolgandek. Avvaldan bir gap borki, hech qachon inkor qilib bo'lmaydi. Terma jamoada shu paytning eng kuchlilari, eng munosiblari o'ynashi kerak. Aziz G'aniev esa buning uchun barcha ishni qilib ko'rdi. 

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика