So’nggi yangiliklar

09:08Европанинг 4 та ТОП клуби “Реал“ футболчисига қизиқиш билдирмоқда  0 08:37Финалга чиққан “Челси“ клублар ўртасидаги ЖЧдан қанча ишлаб олди?  1 08:05“Сўғдиёна“ икки нафар легионери билан хайрлашди  0 07:37“Реал Мадрид“ самолёти бўрон туфайли Нюаркка аэропортига узоқ вақт қўнолмади  1 02:04"Челси" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати финалида!  22 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  7 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  15 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  3 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  13 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  9 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5

Aziz Amonov: "Nasaf"ga urgan gollarimni ota-onamga bag'ishlayman" Yangiliklar

Aziz Amonov: "Nasaf"ga urgan gollarimni ota-onamga bag'ishlayman"

Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi Superliganing 13-turida o'z maydonida "Nasaf"dan ustun keldi (2:0).

Ushbu uchrashuvda jamoaning tezkor futbolchilaridan biri Azizbek Amonov o'zining dubli bilan "Lokomotiv"ga g'alaba keltirdi. Yakunda futbolchi saytimiz tomonidan 13-turning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi. Biz bu borada Azizbek Amonovning fikrlari bilan qiziqdik. 

"Nasaf" bilan yaxshi o'yin o'tkazdik. Bahs muxlislarbop chiroyli bo'ldi, deya olaman. Raqibning qanday kuchga ega ekanligini hamma yaxshi biladi. SHunday ekan ortiqcha tariflash shart emas. Omad bizga kulib boqdi. Bundan xursandmiz. Gol urib jamoamning g'alabasiga hissa qo'shdim. Gollarimni ota-onamga bag'ishlayman. "Lokomotiv" har bir uchrashuvga maksimal tayyorgarlik ko'radi. To'g'ri gohida omad bizdan yuz o'girmoqda. Lekin futbol shunisi bilan jozibalidir. 

Hujum chizig'ida o'ynash men uchun begona emas. Oldin ham bu poziciyada to'p tepganman. Temurxo'ja Abduxoliqov va Marat Bikmaevda jarohat borligi uchun "Istiqlol" bilan o'rtoqlik uchrashuvida murabbiylar meni sinab ko'rishdi. Murabbiyga harakatlarim maqul kelgan shekilli, masuliyatli uchrashuvda ham ishonch bildirdi. 

To'g'ri "Lokomotiv" har doim to'pni raqib jarima maydonchasida nazorat qilishga, o'yinni boshqarishga urg'u qaratardi. Bu gohida o'xshasa, bazida raqiblar qarshi hujumda jazolab ketardi. "Nasaf" yaxshi shakllangan jamoa. Ular bizni ikkinchi chiziqda o'ynashimizga majbur qilishdi. Murabbiyimiz hech qachon himoyaviy futbol o'ynamaymiz degan. Biz hisobda oldinga chiqib olganimizdan so'ng raqib hujumlar sonini oshirdi va tezlashdi. Bunday vaziyatda qarshi xujumda imkoniyatlarimiz bo'lishiga ishongandik. Mikael Sekeyra to'g'ri himoyalanib, o'yinni boshqarishni o'rgatmoqda. Xudoga shukur bu "Nasaf" bilan bahsda samara berdi",- deydi Aziz Amonov. 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика