Aziz Alijonov "Neftchi"dan nima uchun ketyapti?

Narzulla Saydullayev
17 dek 2021, 18:04
Biroz oldin "Neftchi" U-18 bosh murabbiyi Aziz Alijonov "Bunyodkor"ga ketayotgani haqida xabar chiqqandi.

Bizga yetib kelgan ma'lumotlarga ko'ra, Alijonovga agar asosiy jamoa Superligaga yo'llanmani qo'lga kiritadigan bo'lsa, U-18dagi tarkibi bilan o'rinbosarlar jamoasiga o'tishga vada qilishgan.

Ammo kuchlilar qatoriga qaytgan "Neftchi" Alijonovga 2022 yilda ham U-18 jamoasida ishlashini aytgan. Bizga ma'lum bo'lishicha, Alijonovning "Neftchi"dagi maoshi 1.5 million so'mni tashkil etgan.


Eshitdik-da! "Neftchi" yoshlarini chempion qilgan Aziz Alijonov "Bunyodkor"ga o'tmoqda        

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia