So’nggi yangiliklar

21:40БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" ўз уйида "Хорфаккан"ни мағлуб этди, Ғаниевдан иккита ассист  0 20:57"Бавария" "Манчестер Юнайтед"нинг икки футболчисини нишонга олди  2 20:23Рабьога "Наполи", "Милан" ва турк клублари қизиқиш билдирмоқда  0 19:50ОПЛ. "Сабаҳ" меҳмонда ғалабага эришди, Раҳмоналиев кетма-кет бешинчи ўйинда захирада қолдирилди  5 19:27"Фулхэм" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  27 18:50Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўн киши билан камбэк эвазига ғалаба қозонди, Ўринбоев бу сафар ҳам захирада қолдирилди  3 17:49Доннарумма "Ман Сити" билан шахсий шартнома шартларини келишиб олди. Битим суммаси 50 млн евродан кам бўлади  0 16:05"Реал" Винисиусга нарх белгилади  12 14:55Жан-Пьеро Гасперини: "Аниқроқ бўлганимизда иккинчи голни ҳам урардик"  1 14:29Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳар бир учрашувда ғалаба учун майдонга чиқамиз"  0 14:14Мюллер МЛСдаги дебют голини 90+14-дақиқада урди ва жамоасига ғалаба олиб берди  1 13:31Шаҳром Самиев Тожикистон терма жамоасига чақирилгани ва CAFA Nations Cup турнири ҳақида гапирди  2 13:13"Астон Вилла" "Челси" ва ПСЖ ҳужумчиларини таркибига қўшиб олмоқчи  1 12:51Диего Симеоне: "Атлетико" ўз принципларини ўзгартирмайди"  1 12:30Мурод Бобожонов: "Сўнгги тўрт ўйинда уч гол? Бундан ҳам яхшироғига ҳаракат қиламан"  1

Azim Ahmedov: "Kerak bo'lganimda olib qolardilar-ku!" Yangiliklar

Azim Ahmedov: "Kerak bo'lganimda olib qolardilar-ku!"

SHu kunlarda "Metallurg"dan tashqari Superliganing qolgan barcha jamoasi Turkiyaning Antaliya provinciyasida yangi mavsumga tayyorgarlik bosqich vazifasini o'tab beruvchi o'quv-mashg'ulot yig'inlarini tashkil etishmoqda.


Bu jamoalar orasida "Turon" ham bor. Yaypanliklar Side shahrida, shundoqqina dengiz bo'yiga joylashishgan bo'lib, mashg'ulot va o'rtoqlik uchrashuvlarini bilyard stoliga o'xshash ideal maydonda o'tkazishyapti. "Turon" o'tgan yili Superligaga o'tish o'yinida "Lokomotiv"ni mag'lub etib, kuchlilar safiga qaytishdi. Jamoani mavsumlar oralig'ida Sergey Morozov, Siyovush Habibulloev, SHarifbek Rahmatov, Sardor Telyakov, Sardor Abdunabiev, Nizomiddin Ziyovutdinov, Mirzohid Mirzamahmudov, Doniyor Ismoilov va Akmal Tursunboev tark etdi. Aksincha, Azim Ahmedov, Rahimjon Davronov (ikkisi ham "Navbahor"), SHohnazar Norbekov, Quvondiq Ro'ziev (ikkisi ham "Qo'qon-1912"), Anri CHichinadze ("Dila" Gruziya), Dostonbek To'xtaboev ("Mashal"), Xurshid Muxtorov ("Lokomotiv"), Xumoyunshoh Sayyotov ("Metallurg") va serbiyalik legioner Dushan Stoilkovich Baxtiyor Ashurmatov jamoasiga kelib qo'shildi. 

Anglaganingizdek, Antaliyadagi navbatdagi safarimiz aynan "Turon" joylashgan Sidega bo'ldi. Mehmonxonamizdan 40 km uzoqlikda joylashgan bu erga ijaraga olgan ulovimiz bir zumda etkazdi. Kelganimizga besh kun bo'ldi va shu kungacha faqat bir joyda yo'l patrul xodimlarini ko'rdik. U ham bo'lsa, mast holatdagi ruslar boshqarayotgan mashinani "shatak"ka olishdi. Qolgan holatlarda yo'llarda osuda, bir maromdagi hayotga guvoh bo'lyapmiz. 

Biroz mavzudan uzoqlashdik. Buning uchun bizni manzur tutgaysiz. Quyida "Turon"ning yangi futbolchisi Azim Ahmedov bilan uyushtirgan suhbatimizni havola qilamiz. Tajribali yarim himoyachi o'tgan mavsumni "Navbahor" jamoasida o'tkazgan edi. Etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmagan Ahmedov Namangan klubini tark etishga qaror qildi.      

- Azimjon, o'tgan mavsumni "Navbahor"da o'tkazdingiz. Bu yil ham "lochinlar" safida qolishingiz mumkinmidi? Yoki pichoq suyakka taqalganmidi?

- Menimcha, vaziyat shunga etib kelgandi. O'yin amaliyoti juda kam bo'ldi. Menga ishonch bildirilmadi. Keyin kelishmovchiliklar ham bo'ldi. SHularning barini inobatga olib, ketishga qaror qildim. Bu orada "Turon"dan taklif bo'ldi va men hozir yangi jamoam bilan birga yangi mavsumga tayyorgarlik ko'ryapman. 

- Kelishmovchiliklar bosh murabbiy bilan bo'ldimi?

- Ha, xuddi shunday. O'yinga qo'ymayapti, gapirmayaptiyam. Bu narsalar menga psixologik zarba bo'ldi. SHuning uchun ham ketishga qaror qildim. Ular ham bunga qarshi bo'lishmadi. Agar kerak bo'lganimda olib qolish uchun kurashishardi-ku. 

- "Navbahor" bilan o'rtada qarzdorlik yo'qmi? Hisob-kitob to'liq amalga oshirildimi?

- Endi ozgina qolib ketdi. 

- Berishar ekanmi?

- Menimcha, berishsa kerak.

- Berish shart. Qarz qiyomatga qolmasligi lozim. Bu birgina sizning holatingizda emas, barcha klub va futbolchi oldi-berdilariga tegishli. Endi yangi klubingiz haqida gaplashsak. Jamoaga moslashib ketishingiz qiyin bo'lmayaptimi?

- Aslo yo'q. Klub rahbariyati kutib olishdan tortib, to eng mayda dettalarigacha etibor qaratgan. Bir so'z bilan aytganda hammasi ajoyib. Futbolchilar bilan birga murabbiylarimizning yuzini erga qaratmaslik uchun astoydil harakat qilamiz. Ajoyib sharoitlarda yangi mavsumga tayyorgarlik ko'ryapmiz. Ideal maydon, o'rtoqlik uchrashuvlaridagi kuchli raqiblar mavsumga yaxshi tayyorgarlik ko'rishimiz uchun xizmat qilmoqda. 

- "Turon"ga o'tishingizni akangiz Odil Ahmedov bilan maslahatlashdingizmi?

- Albatta. Odil akam endi otam o'rnida ota. Hammasi yaxshilikka deb maslahat berishdi. 

- Ko'pchilikning fikricha, yangi mavsumda yana "Paxtakor" va "Navbahor" jamoalari chempionlik uchun kurash olib boradi. Siz ikkala klub tarkibida ham o'ynashga ulgurdingiz. Hozirgi holatdan kelib chiqib, qaysi klubning imkoniyatlarini yuqoriroq baholaysiz?

- O'tgan yili hamma jamoalar ham kurashishdi. Siz aytgan klublarning kutilmagan natijalari fikrimga isbot bo'lsa kerak. Bu yil ham murosasiz mavsumga guvoh bo'lamiz deb ayta olaman. Biz ham qarab turmaymiz, hech kimga shunchaki ochko berib yubormaymiz.

- "Navbahor" qaysidir manoda og'zidagi oshini oldirib qo'ydi. Hammasi o'z qo'lida edi. Jamoaga nima bo'ldi?

- SHu savol meni ham qiynaydi. Nimadirlarga o'zgartirish kerakmidi? Endi bu murabbiy qarori. Omad ham etishmadi. "Metallurg", "Olimpik" klublariga qarshi kechgan uchrashuvlarda qimmatli ochkolarni boy berdik. Ayniqsa, o'z uyimizdagi duranglar bizga qimmatga tushdi.  

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi (Antaliya, Turkiya)

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика