Azar va Asensio "Real"ning "Betis"ga qarshi o'yin uchun qaydnomasidan joy olmadi
25 sen 2020 21:34
Yangiliklar


Azar va Asensio "Real"ning "Betis"ga qarshi o'yin uchun qaydnomasidan joy olmadi
Madrid klubi qaydnomasidan yarim himoyachilar Eden Azar va Marko Asensio o'rin olmadi. Ular bugun umumiy guruh mashg'ulotlarda qatnashishgan, biroq hali o'ynashga tayyor emaslar.
Himoyachi Eder Militao va hujumchi Mariano Dias ham jarohatlaridan tiklanish bilan band.
"Real" qaydnomasi:
Darvozabonlar: Tibo Kurtua, Andrey Lunin, Diego Altube.
Himoyachilar: Daniel Karvaxal, Serxio Ramos, Rafael Varan, Nacho Fernandes, Marselo, Alvaro Odriosola, Ferlan Mendi.
Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Luka Modrich, Kazemiro, Federiko Valverde, Martin Edegor, Isko.
Hujumchilar: Karim Benzema, Borxa Mayoral, Lukas Vaskes, Luka Yovich, Vinisius Junior, Rodrigo Goes.
Eslatib o'tamiz, "Real" ertaga "Betis" bilan bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:59 da start oladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar