Azar Ronaldudan o'zib ketdi

9 apr 2019, 09:30
“Chelsi” kecha “Vest Xem”ni APLning 33-turida Eden Azarning dubli evaziga mag'lub etdi.

Mazkur o'yindagi ikkinchi gol Azar uchun APLdagi 85-si sifatida tarixga kirdi. Natijada Eden Krishtianu Ronaldudan o'zib ketdi. Ronaldu “Manchester Yunayteda” safida vaqtida 84 ta gol urgandi. Joriy mavsum 28 yoshli futbolchi “Chelsi” safida barcha musobaqalarda 42 ta o'yin o'tkazib, 21 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Squawka