Azar: "O'yinga 100 foiz tayyor emasman"
11 iyu 2021 00:31
Yangiliklar
Azar: "O'yinga 100 foiz tayyor emasman"
Belgiya termasi yarim himoyachisi Eden Azar Evro arafasida o'zining jismoniy holati haqida gapirdi.
"To'liq tartibda mashg'ulot qilayotganimga 1 hafta bo'ldi holos. Dastlabki o'yin uchun men shifokorning javobini kutyapman. Ko'ramiz, uning menga qanday baho berarkin.
Umuman olganda barchasi murabbiyning qaroriga bog'liq. To'g'risini aytsam, men hali o'yinga 100 foiz tayyor emasman.
Belgiya termasiga doimo bosim bo'ladi. SHu boisdan biz yaxshi natijalarga erishmoqdamiz, o'yindan o'yinga kuchayyapmiz. Bizda potencial yuqori. SHu boisdan turnirda yuqori maqsadlarni ko'zlayapmiz", - dedi Azar.
Belgiya - Rossiya uchrashuvi 12 iyun kuni bo'lib o'tadi.
Fikrlar