Azar "CHelsi"ning yangi shartnomasini rad etadi
10 apr 2019 12:19
Yangiliklar


Azar "CHelsi"ning yangi shartnomasini rad etadi
"CHelsi" rahbariyati hujumchi Eden Azarni yozda sotmasa ham belgiyalik futbolchi klubning yangi shartnomasini rad etadi.
Malumotlarga ko'ra, "Real" iloji boricha tezroq "CHelsi" bilan Azarning transferini kelishib olmoqchi, ammo shartnomasi 2020 yilda yakunlanadigan belgiyalik uchun 100 mln. funt to'lamoqchi emas.
Azarning o'zi "CHelsi"ning yangi shartnoma bo'yicha taklifini eshitish uchun muzokara ham o'tkazmaydi. London klubi futbolchining bu qarori tufayli uni sotishga majbur bo'lishi mumkin, agar u boshqa klubga transfer qilinmasa, futbolchi 2020 yil erkin agentga aylanadi.
28 yoshli Azar 2012 yil "Lill"dan "CHelsi"ga o'tgan edi. Transfer 35 mln. evro evaziga amalga oshgan. Joriy mavsum u APLning 32ta o'yinida maydonga tushib, 16ta gol urdi va 12ta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar