So’nggi yangiliklar

01:16Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария"дан 10та гол қабул қилган "Окленд Сити" "Бенфика" билан ўйинда ҳам кўп гол ўтказиб юборди  6 01:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. Жексон туғилган кунида 4 дақиқадаёқ қизил карточка олган ўйинда "Челси" мағлубиятга учради  11 00:58Асрор Алиқулов: "Айрим футболчиларимиз Суперлига даражасига тайёр эмас"  1 00:38Виртц бу рейтингда учинчи бўлди  1 00:08Рўзиқул Бердиев: "Ёзда камида 2-3 футболчини олиб келамиз"  1 23:49Виталий Левченко: "Бухоро" ўзига муносиб бўлмаган жойда"  11 23:28Расман: "Ливерпуль" Виртцни 136 млн эвазига сотиб олди  12 23:12"Бухоро" ёрдамчи мураббийи: "Ҳакам нега футболчиларимизни сўкади? Ҳакамнинг "Нефтчи"га ёрдам бериши шарт эмасди"  15 22:47ПСЖ "Борнмут"га 55 млн таклиф қилди ва рад жавобини олди  0 22:25Саудия Арабистони клублари Фермин Лопесга қизиқиш билдирмоқда. "Бавария" ҳам футболчини ўз сафида кўрмоқчи  3 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Бухоро" устидан қийин ғалабага эришди  35 22:00Суперлига. Ғузорда кечган воҳа дербисида "Насаф" "Машъал"дан устун келди  49 21:25"Ливерпуль" ва "Кристал Пэлас" ўртасидаги Суперкубок ўйини қачон ўтказилиши аниқ  4 21:06Онанага харидор чиқди. МЮ дарвозабонга ўринбосар топиб қўйган  1 20:45"Вулверхэмптон" 25 миллион евролик трансферни амалга оширди  0

Azamat Isroilov: "Superliga ko'p jihatdan Oliy ligadan farq qiladi" Yangiliklar

Azamat Isroilov: "Superliga ko'p jihatdan Oliy ligadan farq qiladi"

So'nggi paytlarda yurtimizda futbol darajasini yanada oshirish, o'zbek futbolini yanada rivojlantirish yo'lida ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda.

PFL matbuot xizmati Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi azosi Azamat Isroilov bilan suhbatda mamlakat milliy chempionati qanday o'tayotgani to'g'risida, shuningdek qilinayotgan o'zgarishlar borasida futbolchilarning o'zlari qanday fikrda ekani bilan qiziqdi. Suhbat davomida mahoratli himoyachi sekin-asta “millionlar o'yini” yurtimizda yangi darajaga ko'tarilayotganini takidladi.

- Azamat, O'FA hamda PFL tomonidan o'zbek futbolini isloh etish yo'lida amalga oshirilayotgan ishlardan xabardorsiz. Mazkur islohotlar qay darajada samara bermoqda, deb o'ylaysiz?

- CHindan ham bu yil o'zbek futbolida bir qator o'zgarishlar ro'y berdi. O'FA va PFLning yangi rahbariyati ko'plab jabhalarda qo'rqmasdan yangiliklarga qo'l urmoqda. Yangi loyihalar amalga oshirilyapti, futbolimizga “yangi qon” olib kirilyapti. Bularning bari futbolning rivoji uchun qilinayotganini barchamiz ko'rib turibmiz. Ishonamanki, hali bu o'zgarishlar o'z samarasini beradi, albatta. Zero yurtimizda futbolni sevishadi. O'zbekistonda istedodlar ko'p. Ularni to'g'ri tarbiyalansa, ularga to'g'ri yo'l ko'rsatilsa, etuk futbolchilar chiqishiga aminman. SHunda bizning milliy terma jamoamiz ham Jahon chempionatlarida ishtirok etadigan bo'ladi.

- Yangicha formatda o'tkazilayotgan milliy chempionatimiz haqida nima deya olasiz? Superliga o'z nomiga munosib tarzda o'tmoqdami?


- Avvalgi Oliy ligadan farqli o'laroq, Superliga chindan ham o'zgacha darajada ekani bilinib turibdi. O'yinlar ancha shiddatli va kurashlarga boy tarzda kechyapti. Har bir uchrashuvga imkon qadar jiddiy hozirlik olib borish va raqibni puxta o'rganish talab etilyapti. Yo'qsa, xatto etakchi jamoalar ham kutilmaganda quyi pog'onada borayotgan jamoalarga imkoniyatni boy berib qo'yyapti. Bu esa o'z navbatida milliy chempionatimizga bo'lgan etiborni kuchaytiryapti.


- Demak, Superligada maydonga tushish futbolchilarning o'zlari uchun ham yoqimli bo'lyapti,  shundaymi?


- Albatta!  Superliganing avvalgi Oliy ligadan farqli jihatlaridan yana biri – tashkilotchilik. Hozir har bir o'yinimiz televidenie orqali namoyish etilyapti. O'yinlarning o'tkazilishida ham yangiliklar qilindi. Maydon ichida va uning atrofida ancha inson mehnat qilib, futbol uchrashuvining yaxshi saviyada kechishi uchun urinayotgani shundoqqina bilinib turibdi. CHempionat o'z titul homiysiga ega bo'ldi. Bunaqasi ham avval bo'lmagan edi. Qolaversa, o'yinlar OAV orqali ancha yaxshi yoritila boshlandi. Bu ham muxlislarning futbolga bo'lgan qiziqishini va etiborini yanada orttiradi.

- Stadionlarimizda muxlislar soni ko'paydi. Endilikda stadionlarga ishqibozlar tashrifi orta boshladi…


- Ha, futbol – muxlislar uchun o'ynaladi. Bo'm-bo'sh stadionda to'p tepish futbolchilar uchun ham yoqimsiz. SHu sababli ham bu yil muxlislarning o'yinlarga tashrifi ancha ortgani bizni ham xursand qilmoqda. Bu yil har bir o'yin bayramona tarzda o'tkazilmoqda. Superliga stadionlarida muxlislar uchun tashkil etilayotgan ko'ngilochar tadbirlarni alohida etirof etish kerak. Albatta,muxlislar bilan to'lgan stadionda to'p tepish zavqli. Futbolchi yanada kuch oladi. Ularni xursand etish uchun maydonda bor mahoratini ishga soladi. Umuman olganda, hozir qilinayotgan islohotlar yaqin vaqt ichida o'zbek futbolining yangi darajaga chiqishiga turtki bo'lishiga ishonaman.
 

Intervyu “So'g'diyona” PFK matbuot xizmati bilan hamkorlikda uyushtirildi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика