Azamat Allaniyazov "Navbahor"ga qarshi o'ynaydi
22 sen 2015 22:15
Yangiliklar
Azamat Allaniyazov "Navbahor"ga qarshi o'ynaydi
"Nasaf" hujumchisi Azamat Allaniyazov "Lokomotiv"ga qarshi o'yinda jarohat olib maydonni tark etgandi.
Oliy liganing 22-turidagi "Lokomotiv" - "Nasaf" uchrashuvining 58-daqiqasida "ajdarlar" hujumchisi Azamat Allaniyazov jarohat olib maydonni tark etgandi. Futbolchining jarohati engil bo'lib chiqdi va Allaniyazov "Navbahor"ga qarshi kechadigan bellashuvda maydonga tushishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, Azamat Allaniyazov ikkinchi davradan boshlab safga qaytgandi. So'nggi bir yil ichida futbolchi jarohati bois maydondan tashqarida qolib ketgandi.
Azamat Allaniyazov ushbu mavsumda "Nasaf" safida 10ta o'yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasini 9 marotaba ishg'ol etishga erishgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar