So’nggi yangiliklar

07:24Бугун Доминикан Республикасига қарши майдонга тушамиз  3 01:30Педри ваъдасида туриб, мўйлов қўйди  3 00:30Левандовски: "Мбаппе - "Барселона" учун қўшимча мотивация"  4 00:00Назорат учрашувида "Пахтакор" "Машъал"га мағлуб бўлди  2 23:45"Челси" билан музокара ўтказган Кьеза "Тоттенхэм"га ўтиши мумкин  0 23:11"Арсенал" ҳужумчи борасида яна Италия клубига мурожаат қилди  2 22:44Мбаппе Франция клубининг бошқарув акциялари пакетини сотиб олади  0 21:55"Насаф" яна бир трансфер ҳақида эълон қилди  5 21:35"Арсенал" 45 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  2 21:23Клейди Даци - ОКМК футболчиси  5 21:14"Фулхэм" 34 млн. фунт эвазига "Арсенал" футболчисини сотиб олади  1 20:45"Барселона" футболчиси "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  1 20:14Абдураимов "Нефтчи"га ўтди  2 20:00"BMW" Мбаппега машина совға қилди, лекин...  4 19:39ЎФА Остон Ўрунов ўрнига бошқа футболчини жалб этиш бўйича сўров юборди  45

Azamat Allaniyazov faoliyatiga nazar Yangiliklar

Azamat Allaniyazov faoliyatiga nazar

Qoraqalpoq futboli tarbiyalanuvchisi hisoblanadigan Azamat Allaniyazov 2010 yili Oliy liga vakili "Nasaf" jamoasiga yo'l oldi va shundan so'ng uning Oliy ligadagi sarguzashtlari boshlandi.

Azamat 2011 yili klub tarkibida chempionatda "Andijon"ga qarshi mehmondagi uchrashuvda 21 daqiqa mobaynida maydonda harakat qildi. O'sha mavsumda u Anatoliy Demyanenko qo'l ostida OFK kubogida zafar quchdi. Garchi birorta ham o'yinda ishtirok etmagan bo'lsada, musobaqa oltin medali uning shaxsiy muzeyidan joy oldi.

Keyingi mavsumda esa jamoadagi kuchli raoqbat tufayli Birinchi liga ishtirokchisi "Nasaf-2" tarkibida to'p surdi.

2013 yili qoraqalpog'istonlik futbolchini asosiy tarkibga jalb eta boshladi. U chempionatda 23 uchrashuvda maydonga tushib o'z hisobiga 11 ta gol yozdirib qo'ydi va mavsum kashfiyotlaridan biriga aylandi. Etiborli jihati u gol urgan 10 ta o'yinning 9 tasida "Nasaf" 3 ochkoni qo'lga kiritdi. Bu uning faliyatidagi eng omadli mavsum bo'ldi.

Keyingi mavsumda esa unga jarohatlar pand berdi. Mavsum davomida 13 ta o'yinda maydonga tushgan hujumchi atigi ikkita gol urdi. Uning gollari mehmonda "Neftchi" va "Buxoro"ga qarshi o'yinlarda jamoasiga g'alba keltirdi. O'sha mavsumda u "Al-Jaish" bilan o'yinda Osiyo CHempionlar ligasidagi ilk o'yinini o'tkazdi. Biroq shu kuni qarshiliklar mehmondan qaqshatqich mag'lubiyat (1:5) bilan qaytishdi.


2015 yili jarohat tufayli birinchi davrani deyarli o'tkazib yuborgan hujumchi ikkinchi davrada yana o'zini ko'rsata boshladi. 14 o'yinda maydonga tushgan Azamat "Olmaliq" va "Qizilqum"ga bittadan, "Qo'qon-1912" va "SHo'rtan"ga ikkitadan gol urishga erishdi. SHuningdek u kubok o'yinlarida "Paxtakor-2" bilan o'yinda "dubl" qayd etib, yarim finalda "Lokomotiv" darvozasini ham ishg'ol qildi a jamoasining finalga chiqishiga munosib hissa qo'shdi. Yakunda esa u "Nasaf" bilan birga O'zbekiston kubogini qo'lga kiritdi.

2016 yili Allaniyazov yana asosiy tarkib o'yinchisiga aylandi. Biroq bu mavsumda uning gollari soni ancha kamaydi. CHempionatda 21 o'yinda u to'rta gol urdi xolos. "Olmaliq", "Andijon", "navbahor", "Buxoro" bu Azamatdan jabr chekkan klublar. Kubokda u "Neftchi" bilan Farg'onada kechgan o'yinda "dubl"ga erishdi. Osiyo CHempionlar ligasida esa to'rtta o'yinda birorta ham gol ura olmadi. SHu tariqa Azamatning "Nasaf"dagi sarguzashtlari o'z nihoyasiga etdi.

Allaniyazov 2017 yilgi mavsumni "Qizilqum" jamoasida boshladi. U chempionatda omadli boshladi. Dastlabki ikki turda 'Paxtakor" va "Navbahor" bilan o'yinlrda gol urdi. Biroq keyinchalik o'zining golsiz ceriyasini boshlab yubordi. Keyingi 12 o'yinda gol ura olmagan hujumchi mavsumning ikkinchi qismini "Buxoro"da davom ettiradigan bo'ldi.

"Buxoro" safida u hozirgacha chempionatda 9 o'yinda maydonga tushib, "Neftchi" bilan o'yinda gol urdi. Hujumchi oxirgi paytlarda gol urish qobiliyatini yo'qotib qo'yayotgandek go'yo. Biroq 28 yoshli hujumchi ayni paytda ayni kuchga to'lgan davrda. Kelasi mavsumda biz yana goleodor Allaniyazovni ko'ramiz deb umid qilamiz.

Allaniyazov faoliyatiga oid statistik faktlar

- Allaniyazov O'zbekiston chempionatlarida jami 95 uchrashuvda maydonga tushib o'z hisobiga 26 ta gol yozdirib qo'ygan. Klublardagi natijalari: "Nasaf" (72-23), "Qizilqum" (14-2), "Buxoro" (9-1).

- Hujumchi O'zbekiston kubogi va superkubogi musobaqalarida 21 o'yinda 6 ta golga mualliflik qilgan. Klublardagi natijasi: "Nasaf" (19-6), "Qizilqum" (1-0), "Buxoro" (1-0)

- Azamat CHempionlar ligasida jami 5 uchrashuvda maydonga tushgan.

- A.Allaniyazov faoliyati davomida Oliy liga jamoalari safida 121 bellashuvda ishtirok etib, 32 gol urgan. U "Nasaf"da 29, "Qizilqum"da 2 va "Buxoro"da 1 golga mualliflik qilgan.

- Futbolchi chempionatda 9, kubokda 6 o'yinda va CHempionlar ligasida bir marta ogohlantirilgan. Etiborli jihati u biror marta ham o'yindan chetlatilmagan.
- Oliy ligadagi ilk golini "Metallurg" jamoasi darvozasiga yo'llagan.

- Hujumchi jami 16 ta klub darvozasini ishg'ol qilgan. Ular orasida 15 tasi Oliy liga jamoalari hisoblansa, faqatgina bittasi Birinchi liga klubidir.

- Azamatning sevimli jamoasi "SHo'rtan" hisoblanadi. U G'uzorliklar bilan o'yinlarda 5 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan. Undan keyingi o'rinlarda "Neftchi" (4 gol) va “Buxoro" (3 gol) jamoalari egallab turibdi. Qolgan klublarga urgan gollari soni esa quyidagicha: "Dinamo" (2), "Qizilqum" (2), "Olmaliq" (2), "Qo'qon-1912" (2), "Navbahor" (2), "CHilonzor" (2), "Metallurg" (1), "Guliston" (1), "Metallurg" (1), "Andijon" (1), "Paxtakor" (1), "Lokomotiv (1).

- Futbolchi "Nasaf" bilan bir martadan OFK kubogi, O'zbekiston kubogi va O'zbekiston superkubogida zafar quchdi. SHuningdek ikki marta O'zbekiston kubogi vice-chempioni va to'rt bora O'zbekiston chempionati bronza medaliga sazovor bo'ldi.

Allaniyazov faoliyatiga oid qiziqarli faktlar

- Birinchi maoshini "Orol"da olgan. O'sha paytda u 150 ming so'm oylik olgan.

- "Nasaf" tarkibidagi ilk maoshi esa 175 ming so'm bo'lgan.

- Qaysi raqamda to'p surishiga ahamiyat bermaydi.

- Gollarini kimgadir bag'ishlamaydi. Hujumchining vazifasi gol urish deb hisoblaydi.

- Madridning "Real" jamoasiga muxlislik qiladi.

- Sevimli futbolchilari sifatida Krishtianu Ronaldu va Zlatan Ibragimovichni biladi.

- Azamat "instagram"dan foydalanadi. U shu kunga qadar o'z sahifasida 96 ta rasm joylashtirgan. Uni kuzatuvchilar soni esa u qadar ko'p emas - 259 ta.


Furqat Yusupov
Nukus shahridan maxsus

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика