Azamat Allaniyazov "Buxoro"da
11 jan 2020 15:20
Yangiliklar
O'tgan mavsum "Surxon" sharafini himoya qilgan qoraqalpog'istonlik hujumchi Azamat Allaniyazov shartnomasi yakunlangani bois termizliklar bilan xayrlashgani haqida xabar bergan edik.
Bugun Allaniyazov "Mashal" bilan nazorat uchrashuvida "Buxoro" klubi safida maydonga tushdi. 2017 yilning ikkinchi yarmini futbolchi buxoroliklar safida o'tkazgan edi.
Malumot uchun, 2019 yilgi mavsumda Allaniyazov termizliklar safida 9ta o'yinda (barchasida zaxiradan) maydonga tushib 114 daqiqa harakat qilgan edi.
Fikrlar