So’nggi yangiliklar

23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  0 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  15 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  5 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  72 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  10 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  19 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  2 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  5 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  4

Azamat Allaniyazov bilan bog'liq 10 fakt Yangiliklar

Azamat Allaniyazov bilan bog'liq 10 fakt

Qoraqalpoq futboli tarbiyalanuvchisi hisoblanadigan Azamat Allaniyazov "Navbahor" tarkibida "Metallurg" bilan bahsda "xet-trik"ka erishdi.

Biz mazkur o'yindan so'ng Azamatning faoliyatiga oid ayrim faktlarni etiboringizga havola etishni lozim deb topdik.

1. Azamat faoliyatida ilk bor Super liga (Oliy liga)da "xet-trik"ka erishdi.
2.  U Super ligada 108 uchrashuvda maydonga tushib, 30 ta golga mualliflik qildi.
3. Allaniyazov Oliy ligadagi ilk golini aynan "Metallurg" darvozasiga kiritgan edi.
4. "Metallurg" Azamatning sevimli jamoalaridan biriga aylandi.  U Bekobodliklar darvozasiga jami 4 ta gol urgan. Hujumchi "SHo'rtan"ga 5 ta va "Neftchi"ga 4 ta gol urgan.
5. Qoraqalpoq futboli tarbiyalanuvchisi Super ligada jami 16 ta jamoa darvozasiga yo'l topa olgan.
6.  Allaniyazov faoliyatidagi eng tezkor golni ham aynan "Metallurg" darvozaisga yo'llagan. 2013 yilgi mavsumda u ilk daqiqadayoq raqib darvozasini aniq nishonga olgan edi.
7. Azamat "Metallurg"ga qarshi o'yinda zaxiradan maydonga tushib 3 ta gol urdi. SHu tariqa uning zaxiradan o'yinga tushib kiritgan gollari soni 9 taga etdi.
8. Hujumchining zaxiradan tushib urgan tezkor goli 2013 yili qayd etilgan. O'shanda u "Nasaf" safida "Qizilqum"ga qarshi o'yinda 81 daqiqada tushib to'rt daqiqadan so'ng gol urgan edi. "Metallurg" bilan bahsda esa u 46 daqiqada tushib, olti daqiqadan keyin o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi.
8. Allaniyazov Superligada jami 56 ta o'yinda zaxiradan o'yinga tushib, shularning 7 tasida gol kiritgan.
9. Azamatning Superliga va kubok o'yinlaridagi umumiy gollari soni 36 taga etdi.
10. Futbolchi "Navbahor" stadionida ikkinchi marta gol kriitishga muvaffaq bo'ldi. Bundan oldin u 2016 yili "Nasaf" tarkibida Namanganda gol muallifiga aylangan edi.

Furqat Yusupov


Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика