Azamat Alaniyazov uchun mavsum yakunlandi
06 noy 2018 14:29
Yangiliklar
Azamat Alaniyazov uchun mavsum yakunlandi
Namanganning “Navbahor” jamoasi hujumchisi Azamat Allaniyazov bir necha turdirki jamoasi tarkibida maydonga tushmayapti.
Malum bo'lishicha, u Superliga 24-turida “Metallurg”ga (0:0) qarshi bahsda jiddiy jarohat olgan. Dastlabki tekshiruvlarga ko'ra, qo'lidan jarohatlanganligi bois futbolchi “gips”da yurgan. Biroq qayta tekshiruv natijalariga ko'ra, qo'l suyagi “gips”dan so'ng noto'g'ri bitishni boshlagan. Natijada futbolchi jarrohlik stoliga yotishga majbur bo'ldi.
- Operaciyadan so'ng ayni paytda uyda, jarohatimni davolash bilan bandman, - deydi Azamat Allaniyazov.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsumdan boshlab “Navbahor” sharafini himoya qilayotgan qoraqalpog'istonlik hujumchi Superliga-2018 bellashuvlarida 20ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblari darvozasini 4 marta ishg'ol etgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar