So’nggi yangiliklar

22:32Тақиқланган модда Мудрикнинг қонига терма жамоа йиғини пайт тушгани маълум бўлди  0 22:02Анри "Арсенал" ҳақида: "Уларда деярли иккита жамоа мавжуд. Бу йил албатта бирор нарса ютиш шарт"  2 21:10Хейсен «Сосьедад»га қарши ўйиндаги ўз четлатишини ВАР бекор қилиши керак эди деб ҳисоблайди  6 21:09ОЧЛ 2. "Ал Аҳли" - "Ал Ҳалдия". "Андижон"нинг гуруҳидаги иккинчи ўйин старт олди (онлайн ҳисоб)  3 20:38ОЧЛ-2. "Андижон" меҳмонда "Аркадағ" билан дуранг ўйнади  122 19:36Гвардиола «Ман Сити»ни ЧЛда ғолибликка даъвогар деб ҳисобламайди: «Аниқ йўқ. Фақат лаҳзалардан роҳатланиб, бу ерда бўлганимиздан хурсандмиз»  5 18:31Собиқ ҳакам Буррул «Реал»нинг иккинчи пенальтиси ҳақида: «Нотўғри белгиланган. Ўйинчи йиқилди, қўл ҳаракати табиий»  32 17:29"Қизилқум" майдондан чиқишни хоҳламаган футболчи билан шартномани бекор қилди  13 17:15Қайси клуб ҳозирги таркиби учун энг кўп пул сарфлаган?  9 16:50Пролига 15-турида ишловчи расмийлар  0 16:21Осиё томон йўлга чиқиш навбати "Андижон"га — ОФКнинг клублар мусобақаларида қатнашган барча ўзбек клублари  20 16:06"Реал" юлдузларидан бири 1.5 ойга сафдан чиқди  7 16:00Биринчи лига 15-турида ишловчи расмийлар  1 15:20"Насаф"нинг ОЧЛдаги 9-мавсуми бошланди  13 15:20Туғилган кун муборак, ўзбек футболи қироли — Миржалол Қосимов!   257

"Aral" bosh direktori Azamat Allaniyozov: "Qoraqalpog'iston xalqi futbol bilan yashaydi. Keyingi yilga "Turon" stadioni va klub uchun baza tayyor bo'ladi" Yangiliklar

"Aral" bosh direktori Azamat Allaniyozov: "Qoraqalpog'iston xalqi futbol bilan yashaydi. Keyingi yilga "Turon" stadioni va klub uchun baza tayyor bo'ladi"

Bu yil Pro ligada Qoraqalpog'istondan vakilida "Aral" jamoasi ishtirok etmoqda.

Jamoa ortda qolgan 5 ta tur davomida turli natijalarni qayd etdi. Dastlab uyda "Do'stlik"ni taslim qilgan nukusliklar keyingi uchrashuvlarda "Mashal" va "Qo'qon-1912"ga mag'lub bo'ldi. So'nggi ikki uchrashuvda "Olimpik Mobiuz"ni taslim qilgan bo'lsa, G'uzorda "SHo'rtan" bilan durang qayd etdi. Endilikda "Aral" O'zbekiston Kubogidagi yurishini boshlaydi. Kubok bahslari oldidan klub bosh direktori Azamat Allaniyozovning fikrlari bilan qiziqdik. 


"Avvalambor, O'zbekiston xalqini o'tgan xayit bayrami bilan tabriklayman. Pro ligadagi ishtirokimizga to'xtalsam, mavsumning birinchi o'yini qiyin kechishi aniq edi. Birinchi turni uyda "Do'stlik"ka qarshi o'tkazdik. Ular ham yoshlardan shakllangan yaxshi jamoa ekan. Qiyinchilik bilan bo'lsada yutib oldik. Muborakda yaxshi jamoa bor. O'z akademiyasiga ega. U erda ham oson o'yin o'tkazmadik. Biz uy o'yinlarimizni suniy maydonda o'tkazyapmiz. SHuni hisobga olganda futbolchilar tabiiy maydonda qiynalishadi. Bu ham o'z tasirini o'tkazyapti. "Qo'qon-1912"ni esa yutishimiz kerak edi, chunki oldimizga Superligaga chiqish vazifasi qo'yilgan. 


Nasib qilsa, "Turon" stadionimizda tamirlash ishlari boshlanadi. Mazkur arenaga ko'chib olsak, bizda Superligaga chiqishda muammo yuzaga kelmaydi. Keyingi yilga stadion va bazamiz tayyor bo'ladi. Oldimizdagi vazifalarni uddalaymiz degan umiddaman.

O'zbekiston Kubogiga jiddiy tayyorlanyapmiz. Maqsadimiz uzoqroqqa borish. Dastlab guruhdan chiqishimiz kerak. Imkon qadar yarim finalgacha borishni ko'zlaganmiz. Superliga jamoalari bilan oson bo'lmasligini bilamiz. Lekin biz ham kurashamiz. Yarim final biz uchun yaxshi natija bo'ladi. 

Qoraqalpog'iston xalqi futbol bilan yashaydi. Talab kuchli. Ular mendan qachon Superligaga chiqishimizni so'rashadi. "Aral" ularning ishonchini oqlaydi va Superligaga yo'llanma oladi. Faqat bizni qo'llab-quvvatlab turishsa bas",- deydi "Aral" bosh direktori Azamat Allaniyozov.





Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика