So’nggi yangiliklar

20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  19 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:58"Реал Мадрид" — "Реал Бетис". Таркиблар маълум  16 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  4 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  12 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  2 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0

Azamat Abduraimov: "Paxtakor" o'zgarishlarga muhtoj" Yangiliklar

Azamat Abduraimov: "Paxtakor" o'zgarishlarga muhtoj"

Klublarimizning OCHLdagi muvaffaqiyatsiz ishtiroki o'tgan haftaning bosh mavzusiga aylandi.

Xalqaro maydonda yurtimiz sharafini himoya qilgan ikki klubimiz bir necha kun oldin yurtimizga qaytib kelishdi va endi bor etiborlarini ichki chempionat bahslariga qaratishadi. O'tgan safar Akmal SHorahmedov bilan AGMKning OCHLdagi ishtirokini muhokama qilgan bo'lsak, endi navbat "Paxtakor"ga. Yurtimizning bayroqdor jamoasidan barchamiz yaxshi natijalar kutgandik. Biroq, maydon tashqarisidagi muammolar jamoaning maydondagi natijalariga tasir qilmay qolmadi. Klubning yo'l qo'ygan xatolari ichki chempionatda ko'zga ko'rinmagan bo'lishi mumkin. Xalqaro o'yinlarda esa bu yaqqol sezildi. Bu mening shaxsiy fikrim. Hamma narsa ham maydondagi jarayonga bog'liq emas. Tashqi omillar ham bunda muhim ahamiyat kasb etadi. Biz bu borada tajribali mutaxassis, sobiq paxtakorchi Azamat Abduraimovni suhbatga chorladik. 

Dastlabki fikr va xulosalar....

- Mening fikrimcha "Paxtakor" o'z imkoniyatlaridan past darajada o'ynadi. Barchamiz jamoadan yorqin va hujumkor futbol kutganimiz rost. Hech bo'lmaganda guruhdan chiqishiga umid bog'lagandik. Biroq yakunda natija qoniqarsiz bo'ldi. 

- Dastlabki turda "Traktor" bilan o'yindan so'ng jamoada xarakter borligini ko'rdik. Lekin navbatdagi o'yinlarda bu narsa ko'rinmay qoldi. SHuningdek, oldingi chiziq vakillari o'zlarini to'liq ko'rsata olishmadi. Odatda klublarimiz va terma jamoalarimizga bizga nisbatan qarshi hujumda o'ynaydigan jamoalarning himoyasini yorib o'tish qiyinchilik tug'diradi....

- Nima uchun bunday bo'ldi? Murabbiylar shtabi har bir uchrashuvni detallarigacha va individual tomondan tahlil qilib chiqishlari kerak. CHetdan ko'rinib turibdiki, jamoa himoyasida muammolar etarlicha. Faqat markaziy mudofaada emas, umuman himoyada kamchiliklar ko'zga tashlandi. Ushbu chiziqda futbolchilar o'tgan yili bo'lgani kabi o'zgarmadi. Qaysidir manoda o'zaro tushunishda muammo bo'lmasligi kerak edi. Hujum chizig'ida bizning azaliy kasalligimiz ko'rindi: aniqrog'i, bizga qarshi hujum uslubini qo'llaydigan jamoalarning himoyasini yorib o'tishda doim qiynalamiz. Bunday holatda kreativ tomondan fikrlaydigan futbolchilar katta sahnaga chiqadi. Etiborimni tortgan yana bir narsa futbolchilarda o'z qobiliyatiga bo'lgan ishonch va qiyin paytlarda yordam keladigan chempionlik ruhi yo'q edi. 

- Oldingi chiziq vakillari Sardor Rashidov va Aziz Turg'unboev bilan jamoa qanotlardagi o'yinni shakllantirgandi. Musobaqada esa ilk turdan so'ng o'zgarishlar boshlandi. Hujumni yakunlashda esa Derdiyokning darajasi qandayligi bilindi...

- Tarkibdagi sezilarli o'zgarishlar hujum chizig'iga o'z tasirini o'tkazdi. Besh futbolchi oldingi chiziqda ko'p narsani hal qilayotgandi. Bular: Masharipov, Sergeev, CHeran, Hamdamov, Derdiyok. Bu beshlikdan uch nafari jamoani tark etdi. Ularning o'rnini egallagan Rashidov va Turg'unboev hali kutilgan darajaga chiqishmadi. Klub tarbiyalanuvchisi bo'lgan Igor Sergeevning tekinga qo'yib yuborilishi va Derdiyokning olib qolinganini tushunmadim. So'nggi yillarda "Paxtakor" legioner tanlashda past darajaga tushib ketdi. Bezerra va CHerandan tashqari OCHL uchun olingan futbolchilar o'zini oqlamadi. Selekciya ishlarini past olib borilgani xalqaro maydondagi natijalariga tasir qilmasdan qolmadi. Klub sport direktorining ishini qoniqrarsiz, deb o'ylayman. Yuqorida aytganimdek, Kozak va Sergeevni klub tekinga berib yubordi. Jafar Irismetovga bu borada ko'plab savollar tug'ildi. Har qanday klubda sport direktorlarining o'rni katta bo'ladi. Mavsum boshida Piter Xyuistraning tayinlanishi xato edi. Yordamchi va bosh murabbiylikning o'rtasida farq katta. SHota Arveldaze futbolchilar bilan bir tilda yaxshi munosabatni yo'lga qo'ygandi. OCHLni ijobiy tomoni shunda bo'ldiki, jamoadagi yosh va umidli futbolchilar ko'zga tashlana boshladi. Ular kelajakda jamoaning etakchilariga aylanishi mumkin. Fikrimcha natija keltirmaydigan legionerlardan voz kechib yoshlarga yo'l berish to'g'riroq.

- Piter Xyuistraning o'z shtabida o'zbekistonlik mutaxassisning yo'qligi pand berdi, deb o'ylaysizmi? 

- Albatta. Bu Piter Xyuistraning eng katta kamchiliklaridan biri hisoblanadi. Uning shtabida tajribasi va bilimidan unumli foydalanib, nimadir o'rgana oladigan mutaxassisimiz yo'q edi. Xorijlik murabbiy pulni oladi va ketadi. O'zidan nima iz qoladi? Ish jarayonini mahalliy murabbiylarimiz yonida o'rganish darkor. Ko'rinib turibdiki, klub rahbariyati buni inobatga olmagan. Bizning murabbiylar xorijliklardan qolishmaydi. Faqat imkoniyat berishimiz zarur. OCHL bizning zaif tomonlarimizni, yo'l qo'ygan xatolarimizni ko'rsatib berdi. Bu bizga xatolarimizni tahlil qilish imkoniyatini beradi. Bo'lg'usida "Paxtakor"ni OCHL finalida ko'rishimga ishonaman. 


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: -15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика