So’nggi yangiliklar

00:36Февзи Давлетов: "Биринчи бўлимда ўйинга мослашиш қийин кечди"  0 00:13Ҳаким Фузайлов: "Сурхон" ўз имкониятларидан унумли фойдаланиб кетди"  0 23:46Эрлинг Холанд "Ал Насср" йиғинига ташриф буюриб, у ерда Роналду билан учрашди  1 23:15"Атлетико" Галлахер трансферини ҳал қилди. Чоршанба куни – тиббий кўрик  0 22:36Ўзбекистон кубоги. "Сурхон" – "Хоразм" 3:1. Highlights  0 22:35"Атлетико" Хулиан Альварес билан маош масаласида музокара ўтказмоқда. Трансфер ҳал бўлганича йўқ  1 22:00Ўзбекистон кубоги. "Хоразм"ни мағлуб қилган "Сурхон" ярим финалга йўл олди!  15 21:41Дани Ольмонинг "Барселона"га ўтиши аниқ бўлди! (Фабрицио Романо)  15 21:13Слот "Ливерпуль" нега янги ўйинчилар харид қилмаётганини тушунтирди  0 20:48Анчелотти: "Ҳозирги таркибимиз билан барча турнирларда қатнаша оламиз"  1 20:22Расман: 79 ёшли Мирча Луческу Руминия терма жамоаси бош мураббийи этиб тайинланди  2 20:00"Барселона"га Кьезани таклиф қилишди  4 19:41Ибрагимович: "Мен табиат мўъжизасиман"  17 18:59"Арсенал" Габриэл билан янги шартнома имзолайди  1 18:36Адейеми "Ювентус" қизиқиши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди   1

Azamat Abduraimov: "O'ylaymanki 12 noyabr oqshomida birgalikda g'alabani tantana qilamiz" Yangiliklar

Azamat Abduraimov: "O'ylaymanki 12 noyabr oqshomida birgalikda g'alabani tantana qilamiz"

Teglar :  Azamat Abduraimov
O'zbekiston - KXDR uchrashuvi oldidan terma jamoa sobiq hujumchisi Azamat Abduraimov o'z fikrlarini bildirdi.

Azamat Abduraimov, murabbiy: “Ishonchim komilki, biz Toshkentda KXDRga qarshi kechadigan uchrashuvda g'alaba qozonamiz. Keyin bir narsani aniq aytaman, Pxenyandagi mag'lubiyat kutilmagan holatda ro'y berdi. Buni shunchaki omadsizlik deyish mumkin. Agar hozir ularning maydonida o'ynasak, yuz foiz aminmanki, g'alaba biz tomonimizda bo'ladi. Aytmoqchimanki, Mirjalol Qosimov davrida ham terma jamoa raqobatbardosh edi va yaxshi natija ko'rsatayotgandi. Endi javob o'yini bu umuman boshqa uchrashuv va undan keyin boshqa tarix yoziladi. Birinchidan, terma jamoada murabbiylar shtabi almashdi. Tabiiyki, buning natijasida o'yin uslubi va taktikalarda o'zgarish ro'y berdi. Talab ham boshqacha. Ikkinchidan, terma jamoa tarkibida ham o'ziga yarasha o'zgarishlar bo'ldi. Yangi futbolchilar, yoshlar va olimpiya terma jamoalarida toblangan yosh istedodlar tarkibga taklif etildi.


Tabir joiz bo'lsa, terma jamoada yangi qon paydo bo'ldi. SHuning barobarida ayrim futbolchilar terma jamoaga taklif etilmayapti. Aleksandr Geynrixning milliy terma jamoaga qaytarilganini olqishlayman. CHunki, bu tajribali hujumchida o'yin taqdirini bir o'zi hal qilish qobiliyati bor. Yaman bilan Toshkentda o'tgan uchrashuv fikrimga isbot bo'la oladi. Aynan uning goli Babayan jamoasiga g'alabani taqdim etgandi. Uchinchidan, terma jamoamiz ketma-ket guruh uchrashuvlarida zafar quchdi va buning natijasida futbolchilarning o'ziga bo'lgan ishonchi yanada ortdi. Muxlislar stadionga qayta boshladi. Safarda Filippin va Bahraynning yirik hisobda mag'lub etilishi Samvel Babayan boshchiligidagi murabbiylar shtabining to'g'ri yo'ldan ketayotganligini tasdiqlab turibdi. Futbolchilar ham murabbiylar nimani talab qilayotganini o'zlariga singdirib olishdi. Albatta, 12 noyabr kuni o'tkaziladigan o'yinga barcha futbolchilar 100 foiz tayyor holatda etib borishi kerak. Qolaversa, KXDRdan birinchi o'yindagi biz uchun kutilmagan bo'lgan mag'lubiyat uchun revansh olinishi shart. Babayanning terma jamoa futbolchilarini ruhiy tomonlama o'yinga tayyorlay olishiga hech qanday shubha qilmayapman. U bu narsaga qanchalik qobiliyatli ekanini “Paxtakor” bilan o'yinlarda bir necha marotaba isbotlagan. Boshqa tomondan olib qaraganda, agar koreyalik futbolchilar himoyaviy o'yi namoyish etsalar, futbolchilarimizga ancha qiyin bo'ladi.


Zamonaviy futbolda “avtobus” degan tushuncha shakllanib ulgurdi. Bunday holatda raqib darvozasini ishg'ol qilish oson kechmaydi. Tezkor gol kiritib, hisobni ochib olsak, marra bizniki bo'ladi. Har bir futbolchi o'z zimmasiga yuklatilgan majburiyat va vazifaga sidqidildan yondashsa, o'ylaymanki, 12 noyabr oqshomida birgalikda g'alabani tantana qilamiz. Bu o'yinda durang natija bizni umuman qoniqtirmaydi. Bunday natija qayd etilmasligi uchun hujumkor futbol namoyish etish kerak. Ikki sof hujumchi bilan o'ynashdan umuman qo'rqish kerak emas. Men bejizga bunday fikr bildirmayapman. Terma jamoamiz futbolchilari to'pni juda yaxshi o'zlarida ushlab turishadi va nazorat qilishadi. Qanotdan ko'plab hujumlar tashkil etiladi. Jarima maydonchasiga havolatib va erlatib to'p uzatishlari amalga oshiriladi. Hujumni yakunlash uchun esa jarima maydonchasida futbolchilarimiz kamlik qiladi. SHu bois, ikki nafar hujumchi bilan o'ynayverish kerak. Men bu bilan murabbiylar shtabiga aql o'rgatmoqchi emasman. SHunchaki, o'zim hujumchi bo'lganim va keskin hujumlarni qanday yakunlash kerakligini bilganim uchun shunday deyapman. To'pni yo'qotgan holatimizda ham ko'pchilik bo'lib to'pni qaytarib olish va pressing evaziga raqibni dovdiratib qo'yish kerak. Bunday holatda raqib asabiylashadi va o'z o'yinini yo'qotib qo'yadi. Boshqa gaplar ham bor. Lekin bu haqida gapirmaslikni lozim topdim. Bizda tajribali mutaxassislardan iborat murabbiylar shtabi bor. Ular nima qilayotganliklarini juda yaxshi bilishadi.

Kamoliddin Alimov yozib oldi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика