So’nggi yangiliklar

18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  0 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  3 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  1 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  2 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  4 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  8 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  10

Azamat Abduraimov: Osiyo Kubogida Milliy terma jamoamizdan chiroyli o'yin kutib qolamiz Yangiliklar

Azamat Abduraimov: Osiyo Kubogida Milliy terma jamoamizdan chiroyli o'yin kutib qolamiz

O'zbekiston milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi, 1994-yilgi Osiyo o'yinlari g'olibi, ayni paytda O'zbekiston o'smirlar terma jamoasini boshqarayotgan Azamat Abduraimov Osiyo Kubogi oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

O'zbekiston milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi, 1994-yilgi Osiyo o'yinlari g'olibi, ayni paytda O'zbekiston o'smirlar terma jamoasini boshqarayotgan Azamat Abduraimov Osiyo Kubogi oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Avvalambor, kirib kelayotgan yangi 2019 yil barchaga - futbolchilarga, murabbiylarga va muxlislarga omadli kelishini tilab qolaman. O'zbekiston milliy terma jamoasidan esa yanvar oyida bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogida chiroyli o'yin kutib qolamiz. Umid qilib qolamizki, milliy terma jamoamiz qitaning eng nufuzli musobaqasida chiroyli, kombinacion, hujumkor o'yin namoyish qilib, barchamizni xursand qiladi.

Terma jamoamizni ayni paytda juda tajribali, futbol olamida katta obro'ga ega murabbiy boshqarmoqda. Futbolchilarimiz ushbu murabbiy qo'lostida yana bir pog'ona yuqoriga ko'tarila olishlariga ishonchim komil.Terma jamoamiz asta-sekin shakllanib boryapti. Oldinda katta musobaqalar kutib turibdi. Osiyo Kubogida yaxshi natija qayd etib, keyin esa eng muhimi - Jahon chempionati saralashida muvaffaqiyatli qatnashishimizga tilakdoshman" - deya Azamat Abduraimov so'zlarini keltiradi O'FA matbuot xizmati.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика