So’nggi yangiliklar

02:15АПЛ. "Ноттингем Форест" "шпорлар"ни мағлуб этди ва ЧЛ йўлланмаси учун курашни давом эттирмоқда  0 02:11"Авелино" лаънатланган клубми? Нега ҳар сафар улар лигани ўзгартирса Рим Папалари вафот этади?  2 00:54Агар "Реал" "Барселона"га мағлуб бўлса, кейинги баҳсда жамоани бошқа мураббий бошқаради  5 00:11Февзи Давлетов: "Ҳар икки жамоа ҳам ғалаба учун курашди"  3 23:53Чемпионшипнинг икки жамоаси муддатидан аввал АПЛ йўлланмасини қўлга киритди  6 23:32Сергей Лушан: "Бугунги ўйинда дуранг ҳам эҳтимол адолатдан бўлмасди"  7 22:47Эрон. Машарипов жамоаси ўз уйида очко йўқотди  2 22:00Суперлига. "Сурхон" фойдаланилмаган пенальти ва иккита гол ҳисобланмаган ўйинда "Навбаҳор"ни мағлуб этди   85 20:15Ўзбекистон терма жамоаси Тошкентга етиб келди  10 19:56"Қўқон-1912" ивуарлик футболчи билан шартномани бекор қилди  3 19:40Эшитдик-да! Ўзбекистон МТЖ БААга эртароқ йўл олади  18 19:20Тошкент халқаро аэропорти Ўзбекистон U-17 термасини кутиб олиш маросимига шай!  13 19:07Суперлига. "Сурхон" – "Навбаҳор". Таркиблар маълум  10 18:39"Реал" "Арсенал" футболчиси учун рекорд даражадаги таклиф тайёрламоқда  6 18:15Ўзбекистон Кубоги. 2-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  0

Azamat Abduraimov: "Osiyo chempionatiga aralash tarkib borsa kerak" Yangiliklar

Azamat Abduraimov: "Osiyo chempionatiga aralash tarkib borsa kerak"

Kelasi yilning yanvarida, aniqrog'i 11-26 yanvar kunlari Ummonda 22 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida ilk bor Osiyo chempionati o'tkaziladi.
Lekin bunda bizdan qaysi yoshdagi jamoaning ishtirok etishi haligacha nomalum. Ummonga 1991-92 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat tarkib yo'l oladimi yoki Turkiyadagi jahon chempionatida qatnashgan 1993 yili tug'ilgan o'yinchilarmi? Bu savolning javobini hozircha hech kim aniq bergani yo'q.

Esingizda bo'lsa, o'tgan yil Nepalda o'tkazilgan saralash bahslarida O'zbekiston o'z guruhida Iordaniya, Yaman, Nepal va Bangladeshga qarshi bahs olib borib, 7 ochko jamg'argan holda ikkinchi o'rinni egallagandi. Bundan ko'rinib turibdiki, saralash o'yinlarida qatnashgan 1991-92 yilda tug'ilgan futbolchilarimiz Osiyo chempionatiga borishga haqli. CHunki yo'llanmani ular qo'lga kiritishgan. Saralash turnirida terma jamoani Aleksey Evstafeev boshqargan, unga esa Azamat Abduraimov yordam bergandi. Azamat Erkinovich bilan suhbatlashganimizda, undan U-22 Osiyo chempionatiga qaysi yoshdagi tarkibni yuborsa maqul bo'lishini so'radik.

-   O'tgan yil Nepalda o'tkazilgan saralash uchrashuvlarini juda yaxshi eslayman, - deya o'z fikrini bildirdi Azamat Abduraimov. – Biz qiyin kechgan bellashuvlarda Osiyo chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritgandik. Men o'sha paytda O'zbekiston U-22 yoshlar termasida katta murabbiy bo'lib ishlaganim uchun qita chempionatiga bizdan 1991-92 yilda tug'ilgan futbolchilar borishini xohlayman. CHunki musobaqada qatnashish ularning haqi hisoblanadi. Bizda bu yoshdagi ajoyib futbolchilarni topish mumkin. Qolaversa, ularning aksariyati milliy terma safida harakat qilishyapti. SHunday ekan, O'FF Ummonga aynan chempionat yo'llanmasi qo'lga kiritilishiga sabab bo'lgan jamoani yuborsa yaxshi bo'lardi.

-   Lekin O'FF 1993-94 yilda tug'ilganlarni yubormoqchi degan gaplar quloqqa chalinyapti.
-   Bunday gaplar menga ham etib keldi. Albatta, Turkiyadagi jahon chempionatida qatnashgan jamoani unutib bo'lmaydi. Ular o'zlaridan iliq taassurot qoldirishdi. Menga qolsa, 1991-92 va 1993-94lardan bitta yaxshi jamoani yig'sa bo'ladi. Keyin ular oldiga bemalol chempionlik vazifasini qo'yish mumkin.
 
-   Ulardan kuchli jamoa tuzilishiga ishonasizmi?
-   Albatta. Masalan, darvozabon bilan himoyachilarning 1991 yilda tug'ilganlardan yig'ish mumkin. Qolgan chiziqlarda esa boshqa yoshdagilar o'ynayverishadi.
 
-   SHunday bo'ldi ham deylik, unda bosh murabbiy kim bo'ladi?
-   Menimcha, bu borada eng yaxshi variant Aleksey Evstafeev. CHunki u bu yoshdagi o'yinchilarni juda biladi, deyarli hammasi bilan ishlab chiqqan.
 
-   1993 yilda tug'ilganlar yana ikki yildan so'ng olimpiya terma jamoasiga aylanishadi. Federaciya shuni hisobga olib, musobaqaga aynan shu yoshni yuborishni mo'ljallayotgan bo'lishi mumkinmi?
-   Mumkin. Agar shunday bo'ladigan bo'lsa, unda Ahmadjon Musaev boshchiligidagi jamoa Ummonga boradi.
 
-   Unda biz 1991-92larni yo'qotib qo'ymaymizmi? Axir ular oldida boshqa xalqaro musobaqa yo'q.
-   Agar bu yoshdagi futbolchilar o'z klublarida yaxshi o'yin ko'rsatishda davom etishsa, o'zlarini yo'qotib qo'yishmaydi. Etibor bering, Eldor Suyunov, SHohruh Gadoev, Davron Hoshimov, Pavel Smolyachenko, Egor Krimec – ular endi kichik emas, 22ga to'lishdi. Ular U-22 jamoasida bo'ladimi yoki milliy termadami, buyog'iga faqat o'zlarini ko'rsatishlari kerak.

Xayrulla Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика