Azamat Abduraimov: "Moliyaviy muommolar tez orada hal etiladi"
11 jan 2014 08:56
Yangiliklar

Azamat Abduraimov: "Moliyaviy muommolar tez orada hal etiladi"
Andijon” jamoasi ayni paytda o'z qarorgohida o'quv-mashg'ulot yig'inlarini davom ettirmoqda.
O'tgan mavsum bo'yicha futbolchilar oldida ayrim mukofot pullari hamda bonuslar borasida qarzdorliklar borligini xabar qilgandik. Lekin bu jamoaning yangi mavsumga tayyorgarligiga tasir qilmayotganini aytib o'tish kerak. CHunki oylik maoshlar bo'yicha hisob-kitob ishlari to'liq amalga oshirilgan. Bugun jamoamiz ustozi Azamat Abduraimov Andijon viloyati hokimi qabulida bo'ldi. Bu borada Abduraimov quyidagi fikrlarni bildirdi.
Bugun Andijon viloyati hokimi, Andijon viloyati futbol federaciyasi prezidenti SHuhrat Qo'shaqboevich Abdurahmonovning qabulida bo'lib ayrim masalalarda suhbatlashdik. O'tgan mavsum bo'yicha futbolchilar oldida ayrim o'yinlardagi mukofot pullari va bonuslar borasida qarzdorlik qolgandi. Viloyat hokimi “Andijon” jamoasi uchun befarq emasligini va jamoaga har qanday yordamni berishga tayyorligini bildirib, moliyaviy masalalar tez kunlarda hal etilishini aytdi. Bundan tashqari viloyat hokimi bu yil “Andijon” jamoasini tashkil topganiga 50 yil to'lishi bois jamoa mavsumni shunga yarasha yaxshi o'tkazishini ham aytib o'tdi. SHu bois nafaqat o'tgan yilgi qarzdorlik bo'yicha, balki yangi mavsumda ham yaxshi jamoa shakllantirish hamda mahoratli o'yinchilar va legionerlar jalb etish uchun moddiy tomondan yordam berishini malum qildi. CHunki viloyat rahbari andijonlik muxlislar futbolni qanchalik sevishlarini yaxshi bilishini aytib o'tdi. Klubimiz rahbariga ishonamizki, moliyaviy muammolar tez orada hal bo'ladi.

Fikrlar