So’nggi yangiliklar

18:18Аморим Рэшфордга чиқиш эшигини кўрсатмоқда: МЮ уни "Реал"га таклиф қилди   0 17:51Жароҳатдан кейинги катта сакраш: "Барселона" ёш истеъдод учун курашмоқда  2 17:23Фабрегас Моратани "Комо"га таклиф қилмоқчи  2 16:56Кореяда хорижлик дарвозабонларга қўйилган тақиқ бекор қилинди  1 16:29Умиджон Эргашев: "ОКМК билан ўйинда бизни ғалабадан бошқа натижа қониқтирмайди"  1 16:00Элдор Шомуродовнинг Туркияга йўл олиши футболчининг фойдасига ишлайдими ёки зарарига?  11 15:44Кумир билан учрашув: Ямаль Бразилияда Неймар билан бирга футбол ўйнади  3 15:19Ғолиб номи аниқланмаган "Андижон" – "Қизилқум" беллашувидан ГАЛЕРЕЯ  0 14:55Наримон Аҳмаджонов: "Мураббий ишончини бор кучим билан оқлашга ҳаракат қиляпман"  1 14:33Райс, Бруну, Салоҳ... ПФА АПЛда йилнинг энг яхши футболчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  7 14:05"8 сония" қоидаси биринчи марта КЖЧда қўлланди  4 13:34"Биз у билан яна боғланамиз". Мареска Мудрикнинг дисквалификациясига изоҳ берди  0 13:08Эрнан Креспо "Сан-Паулу" бошқарувига қайтди  0 12:40Қозоғистонлик депутат: "Қозоғистон ўз камчиликлари устида ишлаши ва бошқаларнинг муваффақиятидан сабаб изламаслиги керак"  4 12:14Ўзбекистон аёллар миллий терма жамоаси ўқув-машғулот йиғинига киришмоқда  1

Azamat Abduraimov: "Kelajakda Osiyoda birinchi bo'lishimizga ishonaman" Yangiliklar

Azamat Abduraimov: "Kelajakda Osiyoda birinchi bo'lishimizga ishonaman"

Bugun oktyabr oyi uchun FIFA reytingi elon qilindi.

Unga ko'ra O'zbekiston milliy terma jamoasi bir pog'ona yuqorilab 48-o'ringa chiqib oldi. Biz O'zbekiston terma jamoasi sobiq hujumchisi Azamat Abduraimovning bu boradagi fikrlari bilan qiziqdik.

"Albatta, terma jamoamizning FIFA reytingida yuqorilashi yoqimli xabar. Biz dunyoda kuchli 50talikka kirganimiz O'zbekiston hukumati va O'zbekiston futbol Federaciyasi futbolimiz rivoji uchun katta ish qilayotganidan dalolat bermoqda. O'zbek futboli to'g'ri yo'lda va rivojlanib bormoqda".

Rossiyani ortda qoldirganimiz muhim voqea. Ammo nima uchun buday bo'ldi? Bir tomondan O'zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati saralashida muvaffaqiyatli ishtirok etib ochkolar to'plamoqda. Boshqa tomondan Rossiya terma jamoasi mundial mezboni bo'lgani uchun saralashda ishtirok etmayapti. Faqat o'rtoqlik uchrashuvlarida esa kamroq ballar beriladi. SHu bois reytingda yuqorida turibmiz, ammo bu ulardan kuchli ekanligimizni anglatmaydi.



O'ylashimcha terma jamoamiz Osiyo futboli etakchilariga qarab intilishi kerak. Axir biz Osiyo qitasidamiz. Qachon reytingda qitada birinchi bo'lsak shunda yuqori natija bo'lar edi. Bunga intilayapmiz, shaxsan men kelajakda Osiyoda birinchi bo'lishimizga ishonaman.

SHaxsiy fikrimcha, FIFA reytingiga u qadar katta etibor qaratish kerak emas. Sababi g'alaba va oltin medallargina terma jamoaning asl kuchini ko'rsatib beradi. Agar O'zbekiston terma jamoasi Rossiyadagi Jahon chempionatiga chiqsa-yu va reytingda boshqa ko'tarilmasa ham xursand bo'lardim. Mundialga chiqish haqiqiy natija bo'ladi", - deydi 1994 yilgi Osiyo o'yinlari g'olibi Azamat Abduraimov.


Narzulla Saydullaev

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика