So’nggi yangiliklar

01:50"Арсенал" ва Мадуэке шартнома борасида келишиб олди. "Челси" билан музокаралар яқин кунларда бошланади  2 01:02Максим Шацких: "Афсуски, баъзи футболчиларимиз бундай даражадаги ўйинга тайёр эмас"  5 00:41"Челси" "Реал" ҳужумчиси учун 40 млн евро тўлашга тайёр  3 00:15Илёс Зейтуллаев: "Мен мураббийман, футболчининг шартнома масаласини клуб ҳал қилади"  0 00:01"Реал" — "Боруссия Дортмунд". Таркиблар маълум  12 23:41Асрор Алиқулов: "Иккинчи тайм учун йигитларга раҳмат айтаман"  1 23:22Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврада ўзимизни кўрсатиб, аввалги мақомимизга қайтмасак бўлмайди"  1 23:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ тўққиз киши бўлиб "Бавария"ни мағлуб этиб, ярим финалга йўл олди  162 22:50Аёллар. Ўзбекистон терма жамоаси Непални пенальтилар сериясида мағлуб этиб, 23 йиллик танаффусдан сўнг Осиё чемпионатига чиқди  4 22:10Качоррининг дубли "Бунёдкор"га "Андижон" устидан ғалаба тақдим этди  44 21:55Суперлига. ОКМК "Машъал" майдонида қийинчилик билан ғалаба қозонди  4 20:29"Челси" 48,5 млн фунтлик трансферни эълон қилди  6 19:46Ўзбекистон ва Непал дуранг ўйнаса нима бўлади?  5 18:06Деку ва Флик ҳозирда Рэшфорд трансферини кўриб чиқмаяпти. "Барса" Диасга эътибор қаратмоқда  2 17:30"Сен буни ўқийсан". Жотанинг энг яқин дўсти ҳалок бўлган футболчига мактуб ёзди  4

Azamat Abduraimov: "Hindistonga qarshi hayot-mamot o'yini bo'ldi" Yangiliklar

Azamat Abduraimov: "Hindistonga qarshi hayot-mamot o'yini bo'ldi"

U-16 Osiyo chempionati saralashi doirasidagi Hindiston - O'zbekiston (1:1) uchrashuvidan keyin Azamat Abduraimov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Hindiston bilan uchrashuv haqida fikrlaringiz...
- Bugungi o'yinga juda yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. O'z shogirdlarimni yaxshi o'yin bilan tabriklayman. Afsuski o'tkazib yuborilgan gol mantiqiy emasdi. Sababi tashabbus biz tomonda edi va birinchi taymda juda ko'p standart vaziyatlardan foydalana olmadik. Hindiston guruhdagi ikki o'yinda 5tadan gollar urishgani haqida ko'p gapirildi, ammo bugun darvozabonimiz xato qilmaganda biz umuman gol o'tkazmasdik.

- O'yinni ko'rmaganlar qanday qilib Hindistonni yuta olmadik deb o'ylashadi...

- Hindistonni kuchsiz deb hisoblamayman, sababi ular bizning guruhda birinchi savatchada edi. Kimni yodida bo'lmasa O'zbekistonning na yoshlar, na o'smirlar terma jamoalari oldingi Osiyo chempionatiga chiqa olmagandi. SHu bois biz mana shu yo'qotishlar o'rnini to'ldirish va vatanimiz obro'sini tiklashimiz kerak. Balki bizning jamoamizda yorqin ijrochilar yo'qdir, ammo xarakter bor. Masalan, o'tgan o'yinda hisobda ortda qolib yakunda g'alaba qozonib ketgandik. O'z shogirdlarim bilan faxrlanaman.

- Guruhda eng qiyin o'yin bugun bo'ldimi?
- Bugun biz uchun hayot va mamot o'yini bo'ldi. Biz bugun durangga emas g'alaba uchun o'ynadik. G'alaba qozonib yigitlar futbol o'ynay olishlarini isbotlamoqchi edik.

- 7 ochko Osiyo chempionatiga chiqish uchun etarli bo'ldimi?

- 7 ochko bilan Osiyo chempionatiga chiqish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo'lib turibmiz. Birozdan keyin boshqa guruhdagi o'yinlar tugagach buni aniq bilib olamiz. Ochig'ini aytaman saralash boshlanmasdan oldin qita chempionatiga chiqishimzga ishonganman, biroq bugun g'alaba qozonamiz deb kutgandim.


Reyting: -69   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика