So’nggi yangiliklar

00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  2 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  1 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  0 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  1 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  10 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  6 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  37 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   16 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1 19:53"Ливерпуль" келаси мавсум учун либосларини тақдим этди  12 19:27Сюрприз! Балотелли Испаниянинг 3-дивизион клубига ўтиш арафасида  4 18:34Исак "Ливерпул"га ўтишни истамоқда, "Ньюкасл" эса қарши  6

Azamat Abduraimov: "Endi chempionatimizda kuchli jamoalar qolib, raqobat kuchayadi" Yangiliklar

Azamat Abduraimov: "Endi chempionatimizda kuchli jamoalar qolib, raqobat kuchayadi"

Yurtimizda ko'zga ko'ringan futbol mutaxassislaridan biri Azamat Abduraimov, O'zbekiston Futbol Federaciyasi tomonidan yurtimizda futbolni yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, islohotlar haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Ochig'ini tan olib aytish kerak, Oliy liga o'yinlariga muxlislar tashrifi kutilganidek emas. Bu esa o'z o'zidan o'zgarishni talab qilmoqda. Yani islohotlar qilish payti keldi. SHuning uchun ham kelasi yildan Oliy liga klublari 12ta qolishi borasidagi qarorni to'g'ri deb o'ylayman. Nimanidir o'zgartirish kerak edi. Angliya yoki Ispaniya chempionatlarini kuzata turib, oldindan qanday hisob qayd etilishi mumkinligini ayta olmaysiz. Biz ham chempionatimizda shu kabi raqobat kuchli bo'lishini va har bir turda murosasiz, qiziqarli o'yinlar ko'p bo'lishini xohlaymiz. To'g'ri, bunday o'zgarish birinchi marta bo'lmoqda, lekin bu futbol rivoji uchun foydali bo'ladi deb o'ylayman. CHunki endi chempionatimizda kuchli jamoalar qolib, raqobat kuchayadi.

Faqatgina chet elda to'p surayotgan legionerlardan umid qilib yuravermasligimiz kerak.

Har o'yinda maydonda haqiqiy kurash kechsa, futbolchi ham bunga moslashadi. SHundan so'ng u terma jamoada ham o'z imkoniyatini to'liq namoyish eta oladi. Faqatgina chet elda to'p surayotgan legionerlardan umid qilib yuravermasligimiz kerak. O'zimizning chempionatda ham shunday etakchilarni tarbiyalashimiz zarur. SHuning uchun ham bu format futbolimiz foydasiga ishlaydi, deb umid qilaman”.

Azamat Abduraimov: "O'zbek futboli tubdan islohotlarga muhtoj" (matn+video)

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика