So’nggi yangiliklar

01:34"Лочин" устози Сардор Тўхтаев: "Йигитларимиз футбол ўйнашни исташса, Суперлиганинг исталган жамоасига қийинчилик туғдиришимиз мумкин"  4 01:23"Манчестер Сити" Виртцни сотиб олиш бўйича "Байер"га таклиф жўнатди  0 01:01Де Брюйненинг агентлари футболчининг хизматларини "Реал"га таклиф қилди  4 00:43Анчелотти Бразилия термасида Кака билан ишламоқчи  0 00:25Камолиддин Тожиев: "Пахтакор" ҳамма фронтда олий мақсад қўяди. Кўп гол ўтказаётганимиз мени безовта қилмоқда"  5 00:11"Пахтакор"нинг бразилиялик легионери ярим йилга сафдан чиқди  1 23:52Рўзиқул Бердиев: “У биз учун қиммат футболчи эмас, арзон футболчи“  16 23:20U21 биринчилиги. Водий дербисида дуранг, "Динамо"га техник мағлубият ёзилди ва бошқа натижалар (ЖАДВАЛ)  0 22:47“Динамо“га қарши учрашувдан сўнг мезбонлар устози қисқа фикр билдирди  8 22:28"Навоий ФА" бош мураббийи Даврон Турсунов: "ОКМКнинг энг зўр спорт формадаги пайтига тўғри келиб қолдик"   3 22:09Марат Мифтахутдинов: “Абрамов касал бўлиб қолгани сабабли Андижонга кела олмади“  2 21:38Миржалол Қосимов: "Охирги тур олдидан ҳеч нарса маълум эмас эди. Шу сабабли деярли асосий таркибни майдонга туширдик"  6 21:24Амалдаги чемпион ва кубок соҳиби Ўзбекистон кубоги гуруҳ босқичида қолиб кетди  48 21:02Ўзбекистон Кубоги. "Насаф" "Пахтакор"га мағлуб бўлиб, гуруҳда қолиб кетди. "Лочин" бу сафар "Сурхон"ни мағлуб этиб, кейинги босқичга йўл олди  191 19:57"Рома" асосий футболчиси билан шартномани узайтиришга уриниб кўради  2

Azamat Abduraimov: "Bunday keskin jazoning jiddiy sababi bo'lishi kerak" Yangiliklar

Azamat Abduraimov: "Bunday keskin jazoning jiddiy sababi bo'lishi kerak"

O'zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi, "Dinamo" va "Andijon" klublari sobiq ustozi Azamat Abduraimov "Neftchi" bosh murabbiyining futboldan chetlatilishiga o'z munosabatini bildirdi.

- Azamat Birodarovich, O'FF futbol jamoatchiligini o'zining kutilmagan qarorlari bilan xayron qoldirmoqda. Albatta, gap birinchi o'rinda Superliga va Pro-liga formatining keskin o'zgarishi haqida ketmoqda.  Siz bu holatni qanday izohlaysiz, ayniqsa "Neftchi" bosh murabbiyining “futbolga aloqador har qanday faoliyat bilan shug'ullanishdan chetlashtirgani”ga qanday qaraysiz?  
- Birinchi o'rinda nizom borligini inobatga olish kerak, shunda tushunmovchiliklar bo'lmaydi, ortiqsa hissiyotlarni chetga olib qo'yish kerak. O'FF va PFLda reglamentni va chempionat o'tkazish tizimini o'zgartirish huquqi bor. Bu eng birinchi va muhim vaziyat. Davom etamiz. Albatta har bir o'z fikrini bildirish huquqiga ega. Ammo buni hurmat bilan, konstruktiv, zamonaviy formada bildirish to'g'ri bo'ladi. Agar sen qandaydir qarorga qo'shilmasang hissiyotlarni chetga qo'yish va konstruktiv yo'ldan borib – PFLga rasmiy xat yozish kerak, stol atrofida uchrashish va hamkasblar bilan muzokara o'tkazishi kerak.
 
Albatta, agar Vadim Abramov futboldan chetlatishgan bo'lishsa - demak bunga jiddiy sabablar bo'lgan. Aynan qanday sabab bilmayman, ammo rahbariyatga ishonaman va bunday qarorlar o'zidan o'zi qabul qilinmaydi.  


Albatta har bir o'z fikrini bildirish huquqiga ega. Ammo buni hurmat bilan, konstruktiv, zamonaviy formada bildirish to'g'ri bo'ladi.



- Vadim Abramov o'z intervyusida agar "Neftchi" Superligada ishtirok etmasa klubdan ketishini malum qilgandi. U pro-ligada ishlashdan bosh tortmoqda.  
- Demak, Farg'ona futbolini boshqa odam ko'taradi... Menimcha Vadim Abramov oldingi xizmatlari bilan yashamoqda. Ammo ancha vaqt o'tdi va osmondan erga tushish kerak.  Masalan, "Neftchi" bu yil qatorasiga 12ta o'yinlik g'alabasiz seriyasidan boshqa maqtanadigan jihati yo'q... SHu bois u nima uchun birinchi ligada ishlashni istamagani qiziq. Nima bizda ekstra klassdagi va har qanday sharoitlarda ishlayveradigan murabbiylar bormi?

Bitta narsani tushunib olish kerak - sen futbolni sevasanmi? Yoki futbolda o'zingni sevasanmi? Agar hayoting futbol bilan bog'liq bo'lsa - sen kichkina bolakaylarni tarbiyalashing, akademiyada ishlashing yoki pro-ligada faoliyat olib borishing mumkin. Asosiysi sevimli ishing bilan shug'ullanasan va o'zingni ko'rsatishing mumkin.
Masalan, buyuk murabbiy Konstantin Beskov o'z vaqtida Sobiq Ittifoq terma jamoasida ishlab keyinroq Moskvaning "Spartak" klubi bilan birinchi ligada ishlashdan uyalmagan. U birinchi ligada chempion bo'lgan va keyingi mavsum oliy ligada g'olib chiqqan. Mana bu haqiqiy murabbiy.


Masalan, "Neftchi" bu yil qatorasiga 12ta o'yinlik g'alabasiz seriyasidan boshqa maqtanadigan jihati yo'q



- Nima deb o'ylaysiz aynan nima sababdan Abramov chetlatildi?  Tanqid uchunmi? Bizning saytimizga bergan intervyusidan iqtibos keltiraman – "O'tgan 9 yil ichida 9ta yangi stadion barpo etildi. Bu stadionlar kimlar uchun qurildi? Hamma narsani yaxshi va yomon taraflari bo'ladi. Buni yaxshilab o'ylab ko'rish kerak. Ahmoqona ishlarni qilmaslik kerak..."
- Har bir insonda o'z fikrini bayon qilish huquqi bor. Ammo boshqa tomondan - agar sen klubda ishlasang o'z tilingni nazorat qila olishing kerak, kluba va PFL manzili tomon provakacion gaplar aytmasliging lozim. Sen ommaviy inson bo'lsang - so'zlarni ehtiyot bo'lib aytishing lozim. Agar nimadandir norozi bo'lsang fikringni haqorat qilmagan holda bildirishing kerak deb hisoblayman.


Masalan, buyuk murabbiy Konstantin Beskov o'z vaqtida Sobiq Ittifoq terma jamoasida ishlab keyinroq Moskvaning "Spartak" klubi bilan birinchi ligada ishlashdan uyalmagan.



- Navbatdagi bahstalab mavzu – jismoniy testlar, yoshga doir cheklovlar.
- Ha, bu texnik savollar - ularni muhokama qilish va qarorlarni hal qilish lozim. Bu engil atletika emas ... bu futbol. Bu erda eng tez bo'lishing shart emas. Miya ishlashi kerak. Mixail An va Vladimir Fedorov buyuk futbolchilar edi. Fedorovda super tezlik bor edi, An esa biroz sekinroq harakat qilardi, ammo maydonni ko'ra olish va jarima to'plaridan gol urishini ko'pchilik yaxshi eslaydi! Aguero va Lukakuni olaylik, biri taran hujumchi, bittasi texnikasi kuchli futbolchi. Ikki turlicha hujumchilar – ularni bitta standartga moslash mumkinmi?

Boshqa tomondan O'FF nima uchun bu masalani ko'targanini bilaman - u haqiqatdan ham og'riqli – bizning futbolchilar xalqaro talablardan ancha pastdalar.  O'FF yaqin vaqt ichida ularning saviyasini hech bo'lmasa Osiyo grandlari – Janubiy Koreya, Yaponiya, Avstraliya darajasiga etkazmoqchi. Bularni amalga oshirmasak terma jamoalarimiz ham, klublarimiz ham xalqaro musobaqalarda yaxshi natija qayd eta olishmaydi. Ammo bunday qarorlar bir stolda o'tirib muhokama qilinishi lozim.

Umid Ahmadjonov yaqin 4 yil uchun o'zbek futboli rivoji borasida ish olib bormoqda. Bu reja to'la bajarilishi lozim. Katta o'zgarishlarsiz bo'lmaydi. Gap faqat terma jamoaga bosh murabbiy tayinlashda emas. Birinchi navbatda bolalar-o'smirlar futboliga etibor qaratish lozim, futbol akademiyalari ishini rivojlantirish kerak, bolalar murabbiylarining saviyasini oshirish, axir o'zbek futboli kelajagi bo'lgan bolalarni kim tarbiyalaydi.


Har bir insonda o'z fikrini bayon qilish huquqi bor. Ammo boshqa tomondan - agar sen klubda ishlasang o'z tilingni nazorat qila olishing kerak.


O'tgan intervyularimdan birida O'FF olib borayotgan siyosatni qo'llab quvvatlashimni aytgandim. Hozir, oliy va birinchi ligada muammolar bor paytida o'zgarishlar bo'lishi bu juda to'g'ri. Men ham, qolganlar ham O'FF ishida shaffoflik bo'lishini xohlaydi. Bu haqda Umid Ahmadjonov ham aytgandi. Har bir muxlis u yoki bu qaror qanday qabul qilinishidan xabardor bo'lishi kerak. O'FF muhim qarorlarni mutaxassislar bilan muhokma qilishini istardim. Ajoyib o'zbek xalq maqoli bor: Etti o'lchab, bir kes. Barchamiz o'zbek futboli o'ziga etakchi o'rinlarni qaytarib olishini xohlaymiz. Terma jamoamiz Jahon chempionatiga chiqishini va klublarimiz xalqaro maydonlarda ijobiy natijalar qayd etishini istaymiz. SHu bois faqat birlashish orqali bunga erisha olamiz.


Matluba Mustaeva suhbatlashdi

Reyting: -26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика