Azamat Abdullaev va Otabek Haydarov Qirg'iziston kubogini qo'lga kiritdi
20 sen 2021 14:00
Yangiliklar
Azamat Abdullaev va Otabek Haydarov Qirg'iziston kubogini qo'lga kiritdi
Hamyurtlarimiz Azamat Abdullaev va Otabek Haydarov hozirda Qirg'iziston chempionati ishtirokchisi “Neftchi” jamoasida to'p tepmoqda.
18 sentyabr kuni Qo'chqor-ota shahrining “Neftchi” klubi Qirg'iziston kubogi finalida “Alga”ga qarshi maydonga tushdi. Asosiy vaqtda darvozalarga to'p kiritilmadi. Penaltilar seriyasida esa 4:2 hisobida “Neftchi” jamoasi g'alaba qozondi va kubokni qo'lga kiritdi.
Mazkur uchrashuvda himoyachi Azamat Abdullaev va hujumchi Otabek Haydarov maydonda to'p tepdi va jamoasi g'alabasiga o'z hissasini qo'shdi. Eslatib o'tamiz, Azamat Abdullaev 2019 yilda ham “Neftchi” bilan mamlakat kubogini qo'lga kiritgandi.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar