So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Azam Aliev: "Surxon"ga o'tishimga Mo'minjonovning aloqasi yo'q” Yangiliklar

Azam Aliev: "Surxon"ga o'tishimga Mo'minjonovning aloqasi yo'q”

Ancha vaqt Namanganning "Navbahor" jamoasi sharafini himoya qilgan, hozirda "Surxon" klubida faoliyat olib borayotgan Azam Aliev bilan 21 aprel kuni bo'lib o'tadigan o'yindan oldin suhbatlashdik.

- Sobiq jamoangizga qarshi o'yindan oldin sizda qanday hissiyotlar bo'lyapti?
- Yo'q men hech qachon raqib tanlamaganman. Boshqa jamoalarga qarshi o'yindan oldin qanday holatda bo'lsam hozir ham shundayman. Bo'lajak bahsga har doyimgidek tayorgarlik ko'ryapman.

- O'tgan yili siz to'p tepgan "Navbahor'' va hozirgi Kanchelskis tuzgan "Navbahor'' orasida qanday farq bor?

- Hali mavsum oldinda, hozirdan bir narsa deyish qiyin. To'g'risi bu mavsumda hali "Navbahor"ning o'yinini ko'rmadim.

- Ko'pchilik "Navbahor"dan "Surxon"ga borib qo'shilganlarni Mo'minjonov ortidan ketishdi deb o'ylayapti. Sizning "Surxon"ga borib qo'shilganingizga nima yoki kim sabab bo'ldi?

- "Surxon"ga borishimda Mo'minjonovning aloqasi yo'q. Termiz klubiga Anvar Soliev taklif qildi. "Navbahor"dagilar esa menga ketishim mumkinligini aytishdi.

- Umuman Namangan futboli sizning hayotingizda qanday ahamiyat kasb etadi?

- Namanganda yaxshi kunlarim o'tdi. Muxlislarga esa hurmatim baland. Ular muxlislik bo'yicha O'zbekistonda yagona.

Abdulaziz Abduvohidov suhbatlashdi

Reyting: -18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика