A'zam Aliev: "Surxon"ga o'tishimga Mo'minjonovning aloqasi yo'q”

Narzulla Saydullayev
20 apr 2019, 10:49
Ancha vaqt Namanganning "Navbahor" jamoasi sharafini himoya qilgan, hozirda "Surxon" klubida faoliyat olib borayotgan A'zam Aliev bilan 21 aprel kuni bo'lib o'tadigan o'yindan oldin suhbatlashdik.

- Sobiq jamoangizga qarshi o'yindan oldin sizda qanday hissiyotlar bo'lyapti?
- Yo'q men hech qachon raqib tanlamaganman. Boshqa jamoalarga qarshi o'yindan oldin qanday holatda bo'lsam hozir ham shundayman. Bo'lajak bahsga har doyimgidek tayorgarlik ko'ryapman.

- O'tgan yili siz to'p tepgan "Navbahor'' va hozirgi Kanchelskis tuzgan "Navbahor'' orasida qanday farq bor?

- Hali mavsum oldinda, hozirdan bir narsa deyish qiyin. To'g'risi bu mavsumda hali "Navbahor"ning o'yinini ko'rmadim.

- Ko'pchilik "Navbahor"dan "Surxon"ga borib qo'shilganlarni Mo'minjonov ortidan ketishdi deb o'ylayapti. Sizning "Surxon"ga borib qo'shilganingizga nima yoki kim sabab bo'ldi?

- "Surxon"ga borishimda Mo'minjonovning aloqasi yo'q. Termiz klubiga Anvar Soliev taklif qildi. "Navbahor"dagilar esa menga ketishim mumkinligini aytishdi.

- Umuman Namangan futboli sizning hayotingizda qanday ahamiyat kasb etadi?

- Namanganda yaxshi kunlarim o'tdi. Muxlislarga esa hurmatim baland. Ular muxlislik bo'yicha O'zbekistonda yagona.

Abdulaziz Abduvohidov suhbatlashdi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia