"AZ Alkmaar" stadionining tomi qulab tushdi
10 avg 2019 22:30
Yangiliklar


"AZ Alkmaar" stadionining tomi qulab tushdi
Gollandiyaning AZ Alkmaar klubining uy stadioni bo'lgan AFAS o'yingohida noxush holat yuz berdi.
Gap shundaki, stadion tomining malum qismi ishqibozlar o'tiradigan o'rindiqqa qulab tushgan. Xayriyatki, bu paytda arenada hech kim bo'lmagan.
Eslatib o'tamiz, alkmaarliklar ushbu stadionda 15 avgustda Evropa ligasining saralash uchrashuvi doirasida «Mariupol» (Ukraina) bilan o'ynashadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar