Ayubxon Gapparov: “Maqsadim bu yil “Navbahor”da o'ynab jamoaga foyda keltirish”
17 jan 2014 18:00
Yangiliklar

Ayubxon Gapparov: “Maqsadim bu yil “Navbahor”da o'ynab jamoaga foyda keltirish”
Ayubxon Gapparov bu yil ham “Navbahor”da o'ynamoqchi.
SHu bois u ayni damda “lochinlar”ning o'quv-yig'in mashg'ulotlarida astoydil ter to'kmoqda. Kuni-kecha 22 yoshli hujumchi bilan qisqacha suhbatlashdik.
- Ayubxon, yaqinda “Navbahor” boshqaruv postiga Baxtiyor Ashurmatov olib kelindi. Buni jamoadagi futbolchilar qanday qabul qilishdi?
- Juda yaxshi. SHaxsan men Baxtiyor akani oldindan yaxshi bilganim uchun xursand bo'ldim. Bu yosh murabbiy bilan ilgari “Lokomotiv”da yo'llarimiz kesishgandi. Yodingizda bo'lsa, “temiryo'lchilar” safiga borib qo'shilganimda, Ashurmatov u paytda futbol o'ynardi.
- Adashmasam, jamoa bilan tuzgan shartnomangiz o'z kuchini yo'qotgan. SHundaymi?
- Ha, to'g'ri. Hozir erkin agentman. Oldimda bir qator takliflar bo'lishiga qaramay, ko'rib turganingizdek hamon “Navbahor” yig'inida ishtirok etyapman. CHunki maqsadim bu yil ham “lochinlar”safida o'ynash. Namanganda tug'ilib, voyaga etdim. Endilikda bu viloyat jamoasi uchun o'ynab, uning yutuqlariga hissa qo'shishni istayman.
- U xolda yangi bosh murabbiy bilan klubdagi kelajagingiz to'g'risida gaplashib oldingizmi?
- Bu borada, stol atrofiga o'tirib, jiddiy suhbatlashmadik. Lekin Baxtiyor aka menga ishonch bildirishini aytdi. O'z navbatida men ham astoydil ter to'kib, bildirilgan ishonchni oqlashga xarakat qilaman.
- Ayubxon, xabaringiz bo'lsa kerak, yaqinda sobiq jamoangiz “Rubin”da katta o'zgarish bo'ldi. Yani bungacha bosh murabbiy bo'lib kelgan Qurbon Berdiev istefoga chiqarildi. Bunga qanday munosabat bildirasiz?
- Qozon jamoasidagi ichki xolatdan to'liq xabardor emasligim uchun, aniq bir fikr bildirishga ojizman. Lekin shuni ayta olamanki, Berdiev klub tizimida katta hajmdagi ishlarni bajargan. SHaxsan o'zim “Rubin”ga borganimda, u kishi menga klubga moslashib ketishim uchun ko'p yordam bergan. Qozon jamoasidagi faoliyatim orqali har tomonlama o'sishga erishganman. O'ylaymanki, Qurbon Berdiev boy tajribaga ega va u keyinchalik uzoq vaqt ishsiz qolib ketmaydi.
Islombek RUSTAMBEKOV suhbatlashdi

Fikrlar