Ayollar terma jamoamiz Antalya safari oldidan Toshkentda yig'in o'tkazadi
06 fev 2021 11:38
Yangiliklar


Ayollar terma jamoamiz Antalya safari oldidan Toshkentda yig'in o'tkazadi
Ayollar o'rtasidagi Osiyo kubogi-2022 saralash bahslariga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston ayollar milliy terma jamoasi 8-14 fevral kunlari Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'ini tashkil etadi.
Bir hafta davom etadigan mazkur yig'indan so'ng, Bahrom Norsafarov murabbiyligi ostidagi terma jamoamiz 15 fevral kuni Antalya shahriga yo'l oladi.
O'zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Turkiyaning Antalya shahrida tashkil etiladigan “Festival Women’s Trophy 2021” xalqaro turnirida qatnashadi.
15-24 fevral kunlari bo'lib o'tadigan mazkur musobaqada O'zbekiston vakillari Ekvator Gvineyasi, Nigeriya hamda Zambiya ayollar terma jamoalariga qarshi kurash olib boradi.
Murabbiylar shtabi ushbu o'quv-mashg'ulot yig'iniga 22 nafar futbolchini jalb etdi.
# | Ismi-sharifi | Amplua | Klubi |
1. | Tilovova Laylo | Darvozabon | «Sevinch» |
2. | Jonimqulova Maftuna | Darvozabon | «Sevinch» |
3. | Asadova Dilrabo | Himoyachi | «Bunyodkor» |
4. | Ilasheva O'g'iloy | Himoyachi | «AGMK» |
5. | Hamdamova Yulduz | Himoyachi | «Paxtakor» |
6. | Abduraximova Zuxra | Himoyachi | «Navbahor» |
7. | SHodieva Laylo | Himoyachi | «Sevinch» |
8. | Nabieva Yulduz | Himoyachi | «Metallurg» |
9. | SHoyimova Maftuna | Himoyachi | «Sevinch» |
10. | Zaripova Kamila | Himoyachi | «AGMK» |
11. | Kamoltoeva Nozima | Yarimhimoyachi | «Metallurg» |
12. | Narbekova Lianna | Yarimhimoyachi | «So'g'diyona» |
13. | Nozimova Dildora | Yarimhimoyachi | «Bunyodkor» |
14. | SHaripova Ezoza | Yarimhimoyachi | «So'g'diyona» |
15. | Voxidova Madina | Yarimhimoyachi | «Paxtakor» |
16. | Burxonova Malika | Yarimhimoyachi | «Sevinch» |
17. | Zoirova Umida | Yarimhimoyachi | «Bunyodkor» |
18. | Dadajanova Nelufar | Yarimhimoyachi | «Navbahor» |
19. | Ergasheva Dildora | Hujumchi | «Lokomotiv» |
20. | Karachik Lyudmila | Hujumchi | «Bunyodkor» |
21. | Xabibullaeva Diyoraxon | Hujumchi | «So'g'diyona» |
22. | Qudratova Nilufar | Hujumchi | «Sevinch» |
O’xshash yangiliklar

Fikrlar