So’nggi yangiliklar

17:04Шўрпахтажон  0 16:55"Реал" Мбаппе ўрнига янги ҳужумчи топди  0 16:39Про лига. "Жайхун" – Олимпик-MobiUz". Таркиблар маълум  0 16:10Осиё Кубоги. Ўзбекистон аёллар футзал терма жамоаси илк турда Хитой Тайпейидан йирик ҳисобда енгилди  4 15:45"Барселона"нинг 4000 дан ортиқ мухлиси Миланга боради  1 15:17Тони Кроос Педрини ўз позициясида энг кучли футболчи деб билади  3 14:50Биринчи учрашувни шоуга айлантирган жамоалар тўқнашуви: Финал чиптаси ўйналадиган "Интер" – "Барселона" ўйини учун превью  12 14:29"Ҳурматли мухлислар, жамоадаги ишим давомида мени ҳар томонлама қўллаб-қувватлаганингиз учун катта раҳмат!" — Александр Хомяков  7 14:00​Championat.asia ва Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг апрель ойидаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  4 13:59Пляж футболи бўйича Жаҳон чемпионати. Япония ва Эрон кейинги босқичда  1 13:42"Пахтакор" Педру Морейра қисқа таътилга чиққанини эълон қилди. Жамоани вақтинча Камолиддин Тожиев бошқаради  15 13:27"Челси" футболчиси "Фламенго" диққат марказида  0 12:53"Ямални икки футболчи қўриқлайди" — Симоне Инзаги  22 12:25Кьеза жамоадошларидан 1 ҳафта кечроқ Англия чемпиони бўлди  4 11:57Гвардиола аргентиналик иқтидорни "Барселона"дан тортиб олмоқчи  8

Ayollar futzali. "Sevinch" musobaqadagi asosiy raqibini mag'lub etdi FOTO Yangiliklar

Ayollar futzali. "Sevinch" musobaqadagi asosiy raqibini mag'lub etdi FOTO

Futzal bo'yicha ayollar o'rtasida XI O'zbekiston chempionati doirasidagi uchrashuvlar davom etmoqda.
Bugun musobaqaning markaziy uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda Qarshining "Sevinch" jamoasi o'zining asosiy raqibi hisoblanmish, Andijonning "Andijanka" jamoasi bilan tuqnash keldi.

Ushbu uchrashuvni oldindan murosasiz kechishi malum edi. Jamoalar o'tgan ikki uchrashuvda ham o'z raqiblarini dog'da qoldirishgan va hisoblarida bir xil 6 ochkodan to'plashga erishishgan edilar. Bugungi uchrashuvda kim g'alaba qozonsa, musobaqa bosh sovriniga asosiy davogarga aylanardi. Uchrashuvda rasman "Andijanka" mezbon, "Sevinch" esa mehmon jamoa maqomida maydonga tushdilar.



Uchrashuv boshidanoq hisobda oldinga o'tib olishni maqsad qilgan raqiblar oldinga tashlanishdi. O'rtadagi hisobni ochishga esa birinchi bo'lib, "Andijanka" jamoasi to'purari Safina Rushaniyaga nasib etdi. Bu gol albatta qizlarimizni o'yin tizginini qo'llariga olishni yana qiyinlashtirib qo'ydi. Ammo, oradan ko'p vaqt o'tmasdan tajribali va o'yinlarda hayajonsiz harakat qila oladigan, jamoa hujumchisi Mahliyo Sarikova andijonlik qizlarning goliga javob qaytardi va hisob tenglashdi - 1:1. Birinchi bo'limda ushbu ikki tajribali o'yinchilar yana bittadan gol urishib, hisobni 2:2 ko'rinishga olib kelishdi. Uchrashuv birinchi bo'limi ana hisobda yakun topdi.

Tanaffus paytida jamoa bosh murabbiyi Vladislav Xan o'z shogirdlariga kerakli ko'rsatmalarni berdi va bu keyingi daqiqalarda o'z samarasini bera boshladi. Ikkinchi bo'limda qizlarimiz juda yaxshi harakat qilishdi, birinchi bo'limga nisbatan qizlarning o'yini sermahsul bo'ldi. Ular "Andijanka" jamoasi himoyasini tez-tez xato qilishga majbur qilishdi. Natijada uchrashuvdagi keyingi gollar qizlarimiz hisobiga yozila boshlandi. Ikkinchi bo'lim boshidan jamoaning yana bir tajribali hujumchisi va to'purari Zebo Jo'raeva jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi - 2:3, ushbu gol yana "Sevinch" jamoasiga kuch bag'ishladi shekilli, qizlarning o'yini ancha mazmunli va bir maromda hujumkor ruhda davom etdi. Uchrashuvdagi keyingi gollarga Zumrat Nazarova, - 2:4, Feruza Turdiboeva, 2-5 va uchrashuvning so'nggi, yani g'alaba golini yana Zebo Jo'raevaga urish nasib etdi 2:6.



SHunday qilib, Qarshining "Sevinch" jamoasi musobaqadagi o'zining asosiy raqibi - "Andijanka" jamoasini 6:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdilar va ochkolari sonini yana uchtaga ko'paytirib olishdi. Endi musobaqa favoritlari "Sevinch" jamoasi hisobida 9ta, "Andijanka" jamoasi hisobida 6 ochko bor. Jamoalar 26 va 27 mart kunlari yana bittadan uchrashuv o'tkazishadi. "Sevinch"ning navbatdagi qolgan ikki uchrashuvdagi raqiblari Jizzaxning "Jizzax" hamda Xorazmning "To'maris" jamoalari bo'lishadi. "Andijanka" jamoasi esa yana vohamiz jamoasi "Lochin"ning "to'sig'i"dan o'tishga to'g'ri keladi.



Futzal, yakuniy bosqich 3-tur
25 mart 2015 yil, "Yoshlik" sport arenasi
"Andijanka" (Andijon) - "Sevinch" (Qarshi) 2:6 (2:2)

Hakamlar:
Kristina Sereda, Ilhom Abdulakov, Nigora Muhammadieva, Dilfuza Ro'zieva

Gollar: Rushaniya Safina (2) - Mahliyo Sarikova (2), Zebo Jo'raeva (2), Zumrat Nazarova (1), Feruza Turdiboeva (1).

"Andijanka": 12.Dilafruz Xo'jaeva, 7.Rushaniya Safina, 8.Ro'zijon Asqarova, 14.Elena Lagutkina, 17.Oyguljon Yoqubova, 10.Gulhay Mannaboeva, 3.Omadoy Sultonova, 13.Gulnora Davronova, 11.Nazokat Mamatisoqova, 1.Kumushoy G'ulomova.

 "Sevinch": 1.Olga Kaxarova, 5.Mahliyo Yusupova, 7.Feruza Turdiboeva, 9.Mahliyo Sarikova, 10.Zebo Jo'raeva, 11.SHaxzoda Jamolova, 16.Matluba Abdirasulova, 17.Tanzila Zarbieva, 18.Kamola Risqieva, 19.Mariya Moiseeva, 22.Laylo Tilavova, 23.Nilufar Qudratova, 25.Zumrat Nazarova,

Bugun bu uchrashuvdan tashqari yana ikki uchrashuv bo'lib o'tdi:

"Jizzax" - To'maris" 4:4
"Lochin" - "Zomin" 9:0

Ertaga bo'ladigan uchrashuvlar:
09.00  "Zomin" - "To'maris"
10:20  "Sevinch" - "Jizzax"
11.40  "Lochin" - "Andijanka"

Quyida uchrashuvdan olingan suratlar bilan tanishing:
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика