So’nggi yangiliklar

00:14Отабек Нарзуллаев: "Мақсадимиз кубок финали эди. Энди бор эътиборимиз Суперлигага қаратилади"  0 23:55"Ювентус" Влаховични Салемакерсга алмаштирмоқчи. "Милан" ушбу келишувга рози бўлиши мумкин  0 23:35МЮ Майнунинг келажаги бўйича қарорни яқин икки кун ичида қабул қилади  1 22:35Ўзбекистон Кубоги. 100 дақиқа давом этган учрашувда "Пахтакор" "Машъал"ни енгиб, ярим финалга йўл олди  45 22:07Лондон клуби Испания терма жамоаси ўйинчисини 50 млн евро эвазига харид қилишга яқин  1 21:23"Реал"нинг собиқ ҳимоячиси Лукас Васкес янги клуби билан шартнома имзолади  0 20:30Хаби Алонсо: "Карвахаль Испания терма жамоасига қайтишни хоҳлайди"  1 20:10Футзал. БМБ – "Оил Стар" 5:1   0 19:55Футзал. БМБ "Оил Стар"ни 4 та тўп фарқи билан мағлуб этиб, Ўзбекистон Суперкубогига эга чиқди!  9 19:49Суперлиганинг 20-турида ҳакамлар жуда кўп хатога йўл қўйди  4 19:29Про лига. "Арал" "ФарДУ"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди   7 19:22Тимур Кападзе: "Ўмон билан ўйинда легионерлар бизга ёрдам беролмайди"  15 19:01Хаби Алонсо Рюдигернинг жисмоний ҳолати ҳақида тўхталди  0 18:34Онана Ла Лигага йўл оладими?  4 18:01Расман: "Боруссия Д" "Челси" ярим ҳимоячиси трансферини расмийлаштирди  2

Ayollar futbolidagi "Son Xen Min" championat.asia saytiga intervyu berdi Yangiliklar

Ayollar futbolidagi "Son Xen Min" championat.asia saytiga intervyu berdi

Yaponiya ayollar terma jamoasi futbolchisi va "Liverpul" klubi azosi Fuka Nagatomo championat.asia sayti jurnalisti Abdulvosit Bektemirovga eksklyuziv intervyu berdi.

- Parij Olimpiadasiga saralash boshlandi. Ushbu musobaqa haqida fikrlaringiz aytib o'tsangiz?

- Bugun birinchi uchrashuvni o'tkazib oldik va g'alaba qozondik. Asosiy maqsadimiz Olimpiadaga borish. Hindistonga qarshi uchrashuv oson kechgani yo'q. Osiyoda barcha jamoalar bizga qarshi yopiq va himoyaviy o'yin namoyish etishadi. Himoyani yorib etish esa oson emas. Biroq o'sha kuni biz ushbu vazifani uddaladik. Keyingi uchrashuvlarda kuchliroq raqiblar kutib turibdi. Qisqa vaqt ichida 3ta uchrashuv o'tkazamiz.

- Yaponiya terma jamoasi Osiyo eng kuchlisi. So'nggi yillarda esa Yaponiya futboli jadal rivojlanib bormoqda. Yaponiya erkaklar terma jamoasining o'tgan jahon chempionatidagi natijasi barchani lol qoldirdi. Ayollar futbolida esa Yaponiya allaqachon grand terma jamoalar qatorida. So'nggi yillarda Yaponiyada futbolning bu darajada rivojlanib ketishiga nima sabab bo'ldi deb o'ylaysiz?

- Progressning asosiy sababi bu etibor. Avvallari Yaponiyada bunday bo'lmas edi. Bunga ko'p sabablar keltirish mumkin. Masalan infratuzilma, tajribali mutaxassislar va aniq bir tizim. Bu borada o'zimga sezilgan jihatni aytib o'ta olaman. Hozirgi kunda biz hujumkor o'yin namoyish etishga intilamiz. Futbol o'zgarib bormoqda va himoyaga tayanib o'ynash har doim ham natija bermaydi. Qaysi jamoa ko'proq to'pga egalik qilsa, shu jamoaning hujumlari xavfliroq va g'alaba qozonish ehtimoli yuqoriroq bo'ladi. SHuningdek tajribali murabbiylarni jalb etish ham juda katta ahamiyatga ega deb o'ylayman.

- Keyingi uchrashuv mezbon O'zbekiston terma jamoasiga qarshi. O'zbekistondan nimalar kutmoqdasiz?

- Sizlarning terma jamoangizda katta motivaciya bor. O'z muxlislar ko'z o'ngida o'ynash har doim yoqimli va ko'proq kuch beradi. SHunga qaramay biz g'alaba qozonishimiz kerak. O'zbekistonga qarshi uchrashuv oson kechmasligi aniq.

- O'zbekistonda ayollar futbolini rivojlantirish uchun nimalar qilish kerak. O'zbekistonlik futbolchilar ham siz kabi Evropada to'p tepadigan darajaga etish uchun nima maslahat bera olasiz?

- Birinchi navbatda mutasaddilar ayollar futboliga etibor qaratishi kerak. Ayollar futboliga etibor juda kam, hamma erkaklar futboliga etibor qaratgan. Bunday muammo butun mamlakatlarida bor. To'g'risi men sizning davlatingizda ayollar futboli qay darajada ekanligidan yaxshi xabardor emasman. Adashmasam terma jamoangiz bosh murabbiyi yaponiyalik mutaxassis. Fikrimcha har bir ish yaxshi tuzilgan rejadan boshlanishi kerak. Futbolchilaringiz yaxshi darajada va katta potencialga ega. Ularni to'g'ri rivojlantirish kerak xolos.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика