So’nggi yangiliklar

01:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Флуминенсе" - "Челси" 0:2 (онлайн ҳисоб)  9 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  0 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  4 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  2 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  12 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  6 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  12 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  5 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  3 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3

Ayollar futboli. U-19 va U-16 Osiyo chempionati saralashiga qura tashlandi Yangiliklar

Ayollar futboli. U-19 va U-16 Osiyo chempionati saralashiga qura tashlandi

Kecha Kuala-Lumpur shahrida keyingi yil bo'lib o'tadigan ikkita yosh toifasidagi Osiyo chempionati saralash bosqichiga qura tashlandi.

2017 yilgi U-16 Osiyo chempionatiga KXDR, Yaponiya, Xitoy va Tailand terma jamoalari yo'llanmani naqd qilib bo'lishgan. Ular saralashda ishtirok etishmaydi. Faqat Tailand o'z istagiga ko'ra saralash bosqichida qatnashishga qaror qildi.

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi "D" guruhida Avstraliya, Vetnam, Gongkong, Falastin va Iroq bilan kuch sinashadigan bo'ldi. Ushbu guruh bahslari Vetnam davlatida bo'lib o'tadi.

"A" guruhi: Tailand, Myanma, Iordaniya, Guam, Laos, Pokiston
"B" guruhi: Janubiy Koreya, Hindiston, Filippin, Malayziya, SHimoliy Marian orollari, Livan
"C" guruhi: Eron, Xitoy Taypei, Bangladesh, BAA, Qirg'iziston, Singapur
"D" guruhi: O'zbekiston, Avstraliya, Vetnam, Gongkong, Falastin, Iroq

Har bir guruhda birinchi o'rinni olgan jamoalar Osiyo chempionatiga yo'llanma olishadi. Saralash o'yinlari 27 avgustdan 4 sentyabrga qadar bo'lib o'tadi.



2017 yilgi U-19 Osiyo chempionatiga Xitoy, Yaponiya, KXDR va Janubiy Koreya terma jamoalari muddatdan avval yo'llanma olib bo'lishgan.

Quraga ko'ra O'zbekiston terma jamoasi "B" guruhida Xitoy Taypei, Gongkong, Tojikiston va Pokiston bilan o'ynaydigan bo'ldi. Bu guruh bahslari Tojikiston mamlakatida bo'lib o'tadi.

"A" guruhi: Avstraliya, Iordaniya, Livan, Singapur, SHimoliy Mariana orollari
"B" guruhi: O'zbekiston, Xitoy Taypei, Gongkong, Tojikiston, Pokiston
"C" guruhi: Tailand, Myanma, Falastin, Qirg'iziston
"D" guruhi: Eron, Vetnam, Hindiston, Filippin

Har bir guruhda dastlabki pog'onani egallagan jami 4 jamoa Osiyo chempionatiga yo'l oladi. Saralash bahslari 29 oktyabrdan 6 noyabrga qadar o'tkaziladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика