So’nggi yangiliklar

01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  0 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  6 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  1 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  0 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  1 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  4 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  65 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  10 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6

Ayollar futboli. Bahrom Norsafarov: “Oliy ligamizdagi eng kuchli futbolchilarni saralab oldik” Yangiliklar

Ayollar futboli. Bahrom Norsafarov: “Oliy ligamizdagi eng kuchli futbolchilarni saralab oldik”

Xabaringiz bor, 17-23 sentyabr kunlari Toshkentda qizlar o'rtasida Osiyo chempionati saralash bosqich bellashuvlari bo'lib o'tadi.

Unda O'zbekiston terma jamoasi o'z guruhida Janubiy Koreya va Mo'g'ulistonga qarshi to'p tepadi. Saralash bosqich o'yinlari oldidan terma jamoa bosh murabbiyi Bahrom Norsafarov bilan suhbatlashdik.

Musobaqaga tayyorgarlik borasida

“Tayyorgarligimiz bir maromda kechdi. Dekabrdan shu vaqtga qadar 4ta o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tkazdik. Turkiya va Belarusiyada ham o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tadik. Yig'inlar davomida sinovga chaqirilgan futbolchilarimizni ko'zdan kechirdik. Umuman olganda O'FA tomonidan bizga juda yaxshi sharoitlar yaratib berildi. Kamchiliklar deryali bo'lgani yo'q. O'zimiz istagan terma jamoalarga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushdik. Meni o'ylantirgan jihat, futbolchilarimizning sog'liqlari yuzaga kelgan muammolar bo'ldi. Ko'plari jarohat oldi. Ayrimlari kichik jarohati bilan o'ynadi. SHu jihat meni biroz tashvishlantirdi.

Guruh bosqichidagi raqiblari to'g'risida

“Guruhdoshlarimiz borasida nimalarni aytishim mumkin? Janubiy Koreyaning imkoniyatlarini hamma yaxshi biladi. Ushbu terma jamoa ishtirokidagi o'yinlarni ko'rib chiqdik, tarkibdagi o'yinchilari borasida malumotlarga ega bo'ldik. Bazilarini avvaldan yaxshi taniymiz. Mo'g'uliston bo'yicha biroz malumotlarimiz kam. Ular ishtirok etgan o'yinlar videolarini ko'rib chiqib, yutuq va kamchilik tomonlarini o'rganmoqdamiz. Qisqasi, guruhdoshlarimiz orasida kuchsiz raqibning o'zi yo'q.




Tanlab olingan tarkib xususida

“Bugungi kunda Oliy ligamizda to'p surayotgan eng kuchli futbolchilardan iborat tarkibni saraladik. Yig'inlar davomida 50 nafar qizlarimizni ko'rikdan o'tkazdik. O'tkazilgan o'rtoqlik bellashuvlarida imkoniyatlarini chamalab oldik. Tarkibni tanlash vaqtida qizlarimizning jismoniy holati, ruhiyatiga katta etibor berdik. Nigeriya va Belarusiya bilan kechgan o'rtoqlik o'yinlarini kuzata turib, shuni bildimki, bizning ayol futbolchilarimizga biroz motivaciiya yoki qo'llab-quvvatlash berilsa, ularning imkoniyatlari boshqalarnikidan aslo kam emas. O'ylaymanki, tanlab olingan futbolchilarimiz bilan oldimizga qo'yilgan vazifani uddalay olamiz.

SHu o'rinda bir holatga etiboringizni qaratsam. Bizning Ayollar Oliy ligamizda 10ta jamoa ishtirok etadi. Yaqinda U-16 musobaqasi boshlandi va unda 21ta jamoa to'p tepadi. Guruhdagi raqibimiz Janubiy Koreyaning har bir toifadagi ligasida 25tadan jamoalar bor. Ularda tarkib tanlashda imkoniyatlar keng. Bizda esa bunday imkoniyatlar keng emas. SHunga qaramay, men ishonamanki, qizlarimiz bilan qo'yilgan vazifani bajara olamiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика