Ayollar Birinchi ligasi-2021: AGMK-W II - g'olib, “Neftchi-W” Oliy liga yo'llanmasiga ega bo'ldi
10 noy 2021 12:12
Yangiliklar
Ayollar Birinchi ligasi-2021: AGMK-W II - g'olib, “Neftchi-W” Oliy liga yo'llanmasiga ega bo'ldi
Poytaxtdagi “CHig'atoy” maydonida ayollar jamoalari o'rtasidagi Birinchi liga bahslarining 15-tur uchrashuvlari yakunlandi.
SHu tariqa ayollar Birinchi ligasining 2021-yilgi mavsumi g'olib va sovrindorlari nomiga aniqlik kiritildi.
Unga ko'ra, Olmaliqning AGMK-W II jamoasi 35 ochko jamg'argan holda Birinchi liga-2021 g'olibiga aylandi. Yakunda 33 ochko jamg'argan Farg'onaning “Neftchi-W” jamoasi esa ikkinchi pog'onani band etdi.
Musobaqalar Reglamenti 8.17-bandida ko'rsatilganidek, klub va shu klub qoshidagi farm-klub qayd etgan natijasidan qati nazar bir ligada ishtirok etishiga yo'l qo'yilmaydi. SHu boisdan AGMK-W II emas, balki “Neftchi-W” jamoasi Oliy liga-2022 yo'llanmasiga ega bo'ldi.
Fikrlar