So’nggi yangiliklar

08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  2 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  3 07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  6 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси Эрон чемпиони билан шартнома имзолайди  8 01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  10 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  2 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  2 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  6 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  74 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  2 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  12

"Ayol makri – qirq tuyaga yuk" Yangiliklar

"Ayol makri – qirq tuyaga yuk"

Mazkur maqolada yaxshi potencialga ega bo'la turib, ajoyib faoliyat borayotgan chog'ida nozik hilqat vakilalari bilan tanishish yoki oila qurishi oqibatida faoliyatida pasayish kuzatilgan bir nechta futbolchilar haqida so'z yuritamiz.

Aleshandro Pato

«Milan» klubi 2007 yilda Braziliya diyoridan 18 yoshli hujumchini olib keladi. Patoga bo'lajak jahon yulduzi sifatida qaralardi. Istedodli hujumchi A ceriyadagi dastlabki mavsumidayoq o'zini 9 marta ko'rsatishga ulgurdi. SHundan so'ng, u Italiyada ajoyib 3 mavsum o'tkazdi. Kutilmaganda orttirib olingan jarohat uning o'yinida pasayish keltirib chiqardi va asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotdi. Bu paytda Pato klub xo'jayini Silvio Berluskonining arzanda qizi Barbara Berluskoni bilan uchrasha boshlagandi. Bu muhabbat tarixi jamoa bosh murabbiyiga yoqmas, u Pato futbolchi sifatida tanazzulga uchraganini anglayotgandi. Braziliyalik futbolchi dastlab, murabbiy bilan, keyin butun jamoa bilan ziddiyatlarga bora boshladi. Keyinchalik, Pato Braziliyaga qaytishni mantiqan to'g'ri deb bildi. Juftlik ajrashishga qaror qilishgandi. Futbolchi o'sha kundan boshlab bir necha bor avvalgi mavqeyini tiklashga harakat qilib ko'rdi. Ammo, barchasi besamar ketdi. Pato Xitoy chempionatidagi faoliyatini yakunlagach, bugungi kunda Braziliyaning «San-Paulu» klubi sharafini himoya qilmoqda.



Tomas Myuller

O'tgan yili «Bavariya» klubi futbolchisining turmush o'rtog'i jamoa bosh murabbiyi Niko Kovachni tanqid qilgandi. O'sha paytda Myunxen klubi yaxshi natijalar qayd etolmayotgandi. Navbatdagi ochko yo'qotilishidan keyin Kovach Myullerni zaxiraga oladi. SHundan keyin, Tomasning rafiqasi Liza Myuller Instagram’dagi sahifasida «Murabbiy nima bo'layotganini tushunishi uchun 70 daqiqa kerak bo'ladi», deb post qoldirgandi. Klub qizni murabbiydan uzr so'rashga majbur qildi. Biroq, Tomas o'sha paytdan boshlab Kovach jamoasi tizimidagi asosiy o'yinchi maqomini yo'qotdi.



Mauro Ikardi

Futbolchining rafiqasi va agenti Vanda Nara reining karerasini buzishni 20 yoshidayoq boshlagandi. Vanda oldingi eri Maksi Lopesni (futbolchi, Argentina MTJning sobiq azosi) 3 farzandi bilan qoldirib, Mauro bilan yangi sevgi tarixini yozishga kirishgandi. Natijada, Mauro Argentinada ko'pchilik, jumladan, Messining ham nafratiga duchor bo'lib o'zi uchun terma jamoa eshiklarini berkitib qo'ydi. Argentinalik futbolchi 25 yoshiga qadar ikki marta Italiya chempionati to'purari va yil futbolchisi, deb topildi. SHundan keyin, uning faoliyati oldinga siljimadi. U Evropa grandlari etiborini qozongan pallada asosiy sahnaga Vanda Nara chiqib keldi. U «Inter»ning yaxshilangan yangi shartnomasini bekor qilishga urindi. Doimiy ravishda matbuotda qo'pol chiqishlar qildi va klubni aybladi. Natijada, klub futbolchidan ham, uning rafiqasidan ham bezidi va yangi klub qidiraverishlari kerakligini takidladi. Eslatib o'tamiz, Ikardi hozir ijara asosida PSJ klubi sharafini himoya qilmoqda.



Fahriddin Ro'ziev

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика