So’nggi yangiliklar

09:05«Бухоро» «Андижон» футболчиси билан шартнома тузди  1 08:32Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси Япония билан жанговар дуранг ўйнади  4 07:58Испанлар Европани «забт этишди». «Қизил фурия» икки кун ичида иккита «Евро»да ғалаба қозонишди  6 07:26Ўртоқлик учрашуви. «Қўқон-1912» «Сўғдиёна»ни мағлуб этди   1 01:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  3 01:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  1 00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  3 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  1 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  1 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  1 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  4 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  5 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  1 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  7 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  1

Ayman Hakim:Suriya termasi taslim bo'lmaydi Yangiliklar

Ayman Hakim:Suriya termasi taslim bo'lmaydi

Osoyishta davrda milliy jamoani boshqarish oson emas, notinchlik hukm surayotgan mamlakat termasida esa murakkablik yanada kengroq ko'lam kasb etadi.

Suriya bosh jamoasi ustozi Ayman Hakim xuddi shunday holatga tushdi. JCH-2018 saralashining uchinchi raundi suriyaliklar uchun omadsiz boshlandi - Toshkentda kichik hisobda (0:1) mag'lubiyatga uchrashdi. SHunga qaramay, keyinchalik koreyaliklardan ochko tortib olib, safarda Xitoy termasini engishdi - 1:0. Hakim FIFA.com saytiga bergan intervyusida shogirdlarining o'yinidan qoniqish hosil qilayotganini takidladi.

57 yoshli mutaxassis birinchi navbatda, Janubiy Koreyaga qarshi tartibli o'yin ko'rsatilganiga alohida urg'u berdi: Jamoada ish boshlashim hamono taktik intizom bo'yicha ishladik. Boshqa milliy termalarda ham faoliyat yuritganman, ammo hech qaerda bunday tartibli o'yinni shakllantira olmagandik. Mendan avval ishlagan murabbiylarning ishlariga qo'shimchalar kirityapmiz. Intizomni taminlash, yakkakurashlarda faollikni oshirishga intilyapmiz. Aynan shu say-harakatlar Janubiy Koreya termasiga qarshi kechgan bahsda bizga asqotdi.

Keyingi turda Xitoyga safar uyushtirgan suriyaliklar Mahmud al Mavosning goli evaziga dastlabki g'alabani qo'lga kiritishdi. Aftidan, Hakim shogirdlari qalbiga ishonch urug'larini sepishga ulgurgan ko'rinadi.

Barcha jamoalarni hurmat qilamiz, biz o'ynaymiz va hech qachon boshimizni egmaymiz. Janubiy Koreya termasiga qarshi kechgan bahs mehnatlarimiz samarasini ko'rsatdi. Mashg'ulotlar paytida qanchalik qiyin bo'lsa, o'yin payti natijalar shunchalik yaxshilanishini isbotladik. Har bir bahsga munosib tayyorgarlik ko'ryapmiz va mundial yo'llanmasini qo'lga kiritishga nomzodlar qatoriga kiramiz, degan umiddaman.

4-turdan o'rin olgan Qatar termasiga qarshi bahs arafasida suriyaliklar peshqadamga yaqinlashib olish imkoniyatiga ega edilar. Hakim ushbu o'yin oldidan quyidagicha fikr yuritgandi:

Qatarliklar hozircha ochko jamg'arishmadi, biroq har bir termada imkoniyat saqlanib turibdi. Mazkur o'yinda ijobiy natijaga umid qilyapmiz. Navbatdagi raqimiz kuchli futbolchilardan tashkil topgan ajoyib jamoaga ega. Albatta, har bir bahs o'ta muhim ahamiyat kasb etadi. Biz uch ochkoga ega bo'lib, jadvalda yuqoriroqqa ko'tarilishni maqsad qilganmiz.

Garchi Ayman Hakim jamoasining imkoniyatlarini yuqori baholayotgan bo'lsada, oldinda bir qator qiyinchiliklar kutib turganini ham anglab turibdi. Misol uchun, jamoa o'z o'yinlarini Malayziyada o'tkazadi, bu esa murakkablikni yanada oshirishi turgan gap.

Qiyin davrlarni boshdan kechiryapmiz, - dedi bosh murabbiy hozirgi vaziyat haqida fikr yuritarkan. - Futbolchilarni yig'ishda yuzaga kelayotgan mushkulotlar tufayli saralash bahslariga ko'ngildagidek tayyorlana olmadik. Hozircha muayyan boshpanaga ega emasmiz, lekin dam olishimiz juda muhim. SHunga qaramay, qatiyatlilik va ishonchimizni oshirsak, niyatimizga etishimiz mumkin. Futbolchilarimiz o'zlarini namoyon etish, ijobiy natijalarga erishishni chin ko'ngildan xohlashmoqda. Biz birgalikda muvaffaqiyat qozonishimizga ishonamiz.

Suriya termasi sayohati 2017 yilning 5 sentyabr kuni omadli yakunlanishi ham mumkin. Jamoa aynan shu kuni saralashning uchinchi raundidagi so'nggi uchrashuvini o'tkazadi. Aksariyat muxlisu mutaxassislar suriyaliklar yutug'iga ishonmayotgan bo'lsalarda, Ayman Hakim va uning shogirdlari barchaga sensaciya taqdim etib, o'zlariga bayram hozirlash harakatini allaqachon boshlab yuborishgan.

A.Ahmedov tayyorladi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика