So’nggi yangiliklar

07:50ЖЧ-2026 саралаши. Португалия Арманистон устидан 5:0 ҳисобида ғалаба қозонди, Англия Андоррани енгди, Сербия эса Латвиядан устун келди  0 07:35Дембеленинг жароҳати жиддий бўлиб чиқди. Унинг қанча муддатга сафдан чиққани эълон қилинди  0 23:05Самарқандда хайрия учрашуви: "Динамо" фахрийлари Ўзбекистон МТЖ афсоналари учрашувида 8 та гол урилди  14 22:31Данни Блинд "Аякс"ни тарк этади  0 22:02Расман: "Барселона" собиқ футболчиси Ашурматов ва Машариповнинг жамоадошига айланди  4 21:22U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Қирғизистон билан дуранг ўйнади  76 21:09Суперлига 21-тур ҳакамлари расмийлари маълум. Марказий тўқнашувни ким бошқаради?  4 20:30Интервью. Жоэль Кожо: "Динамо"га қайтишим мумкин эди, лекин "Истиқлол"ни фақат "Нефтчи" рози қила олди"  5 20:00УEФА 11 сентябрь куни "Вильярреал" – "Барселона" ўйини қаерда ўтиши ҳақида қарор қабул қилади  3 19:38"Барселона" футболчиси жароҳати сабаб терма жамоа ихтиёрини тарк этди  3 19:10МЮ собиқ футболчиси Англия эмас, Конго ДР шарафини ҳимоя қиладиган бўлди  1 18:26"Челси" "Барселона" футболчисидан умидини узмаган  1 17:54Луческу – терма жамоалар тарихидаги энг ёши катта мураббий  1 17:25U-17 халқаро мусобақаси. Ўзбекистон Канадани пенальтилар сериясига кўра мағлубиятга учратди  8 16:59Мбаппе Анрига етиб олди  9

Ayman Al Hakim: "Mag'lubiyatdan fojea yasamaymiz, O'zbekiston haqli ravishda g'alaba qozondi" Yangiliklar

Ayman Al Hakim: "Mag'lubiyatdan fojea yasamaymiz, O'zbekiston haqli ravishda g'alaba qozondi"

Teglar :  Ayman Al Hakim
O'zbekiston - Suriya uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Ayman Al Hakim qatnashdi.


"Yaxshi o'yin bo'ldi. O'zbekistonga qarshi o'yinda shogirdlarimning harakatlaridan qoniqish hosil qildim. O'zimiz o'ylagan o'yinimizni namoyish eta oldik. SHu sababdan ham ular uzoq vaqt davomida darvozamizga yo'l topa olishmadi. Buni kutgandik. Kichik xato o'yin taqdirini hal qildi. Lekin, bundan fojea yasamaymiz. Keyingi o'yinlarga tayyorlanishda davom etamiz.

Albatta taktik o'yin bo'ldi. Zarba berishga imkon bo'lishi bilan zarba berdik. Imkon bo'lmagan paytlarda esa uzun paslar orqali hujum uyushtirishga urindik. O'yinni himoyada ushlab turmoqchi edik. 

Mana shunday katta stadionda Suriya terma jamoasi bosim ostida o'ynadi. Bunga tayyor emasdik. Bugun Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi o'ynadik. 

Nimaga Makao emas, Malayziya? Biz OFKdan bu borada xat oldik. Makaoda o'ynay olmasligimiz borasida. SHu sababdan ham Malayziya varianti tanlandi. Endi uy o'yinlarimizni o'sha erda o'tkazamiz.

Futbolda xatolar bo'lib turadi. Nima uchundir gol bo'lgan vaziyatda jamoa hakamning o'yinni to'xtatishini kutib qoldi. Jamoa qotib qoldi... Na chora, futbolda bunday vaziyatlar bo'lib turadi.

SHuni qo'shimcha qilishni istayman: O'zbekiston terma jamoasi haqli ravishda g'alaba qozondi. Tabrigimni qabul qiling!

Keyingni o'yingacha bo'lgan muddat juda qisqa. Xatolarimizdan hulosa chiqargan holda keyingi o'yinga taktik tomonlama tayyorgarlik ko'rishimiz lozim", - deydi suriyaliklar murabbiyi.


Aziz To'xtamurodov


Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика