So’nggi yangiliklar

11:52Расман: "Пахтакор" Қувватов қайтганини эълон қилди  0 11:33Артета: "Мен учун Деклан Райс — дунёдаги энг яхши ярим ҳимоячи"  0 10:58Кечаги учрашувда ғалабани қўлдан чиқарган Гвардиола нималар деди?  2 10:32"Шўртан"нинг икки нафар асосий футболчиси "Хоразм" йиғинида  1 10:06"Сурхон" яна бир футболчиси билан хайрлашди  0 09:40Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 09:18Чет эллик мутахассис Суперлига жамоасининг бош мураббийи бўлади  4 08:48Ҳусниддин Алиқулов фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  4 08:22Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  23 02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  45

Aybek Nurbaev: "Olimpik MobiUz"ni yaxshi o'rgangan edik" Yangiliklar

Aybek Nurbaev: "Olimpik MobiUz"ni yaxshi o'rgangan edik"

Pro liganing navbatdagi turidan o'rin olgan "Jayxun" - "Olimpik MobiUz"" (3:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Aybek Nurbaev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Barcha  "Jayhun" muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman. Uch ochko suv va havodek zarur edi. So'nggi ikki o'yinlarda ko'nglimiz to'lmayotgandi. Shu bois bugun yutmasak bo'lmasdi. "Olimpik Mobiuz"ni yaxshi bilardik, shu paytgacha 3 marotaba to'qnash kelgandik. Yigitlarga g'alaba zarurligini aytgandim. Avvalgi o'yinlarni unutib boshqacha tayyorgarlik ko'rdik. Raqibni o'rganib chiqqan holda o'yinlarni tahlil qildik. O'yinga kelsak, nazorat jamoamiz tomonda bo'ldi. Raqib darvozasiga to'plar kiritildi. Gollarni kerakli vaqtda urdik. "Olimpik Mobiuz"ni yaxshi bilasizlar. Tarkibida terma jamoa futbolchilari bor. "Lokomotiv" bilan kechgan o'yinlarini tomosha qildik, har bir futbolchi o'rganildi. Raqib 2 ta golni o'z xatolarimizdan so'ng urib ketdi. Umuman olganda jamoamdan mamnunman",- deydi Aybek Nurbaev. 

- Asadulla Kutibaevni zaxiraga olinishi nima bilan bog'liq? 

- Asadulla yozgi yig'inimizda qatnasha olmadi. Jarohatdan qaytdi. Sekin-asta jamoamizga qo'shilib bordi. O'yin amaliyoti beryapmiz. Bugun rotaciya qilmasak bo'lmasdi. Qaysidir manoda tavakkal qildim. Asadulla to'liq sport formasida emas. Oldinda o'yinlarimiz bor. Asadulla o'zini ko'rsatadi deb o'ylayman. Rejam bo'yicha uni bir taym ko'rib olmoqchi edim. Yomon o'ynamadi, biroz jismoniy tomondan oqsadi. 

- Goldan so'ng orqaga o'tirib qoldik... 

- Bu tabiiy holat. Balki yosh, balki tajribasizlik etishmadi. G'alaba qozondik deb o'ylashadi. O'yindan-o'yinga kuchayib borishimiz kerak. Bu yigitlar kelajakda Superligada, terma jamoada o'ynashadi. 

- Birinchi davrada gol urishga qiynalgan bo'lsa, ikkinchi davrada gol o'tkazmaslikda muammoga uchramoqda... 

- Bu tajriba bilan bog'liq. Har bir poziciyada muammolarimiz bor. Begis Kuanishbaev o'zini ko'rsatdi. Buni takidlash zarur.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика