So’nggi yangiliklar

10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  1 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  5 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1 09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  1 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  1 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  2 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  3 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  4 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  3 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0

Aybek Nurbaev: "Ilk turda "Aral"ga qarshi bahsdagi mag'lubiyatdan keyin futbolchilarni ruhiy o'radan olib chiqib ketishim kerak edi" Yangiliklar

Aybek Nurbaev: "Ilk turda "Aral"ga qarshi bahsdagi mag'lubiyatdan keyin futbolchilarni ruhiy o'radan olib chiqib ketishim kerak edi"

Pro liganing 2-turidan o'rin olgan "Jayxun" - "Olimpik" (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Aybek Nurbaev ishtirok etdi.

"Bugun stadionga kelib bizni qo'llab turgan barcha muxlislarga rahmat aytaman. O'z uyimizda g'alaba qozonmasak bo'lmasdi. Yaqindagina kubok bahsini o'tkazdik va qisqa muddatda ikkita o'yinda maydonga tushdik. Tiklanish oson bo'lmadi. "Olimpik"ning "Lokomotiv" bilan o'yinini ko'rib chiqdik va raqibni yaxshi o'rgandik. Har bir futbolchining harakatlarini o'rgandik. Oldinda bizni "Lokomotiv" va FarDUga qarshi ikkita safar o'yini kutib turibdi. Bugun maydonga tushgan va zaxirada qolgan barcha futbolchiga rahmat aytaman. 

Ilk turda "Aral"ga qarshi bahsdagi mag'lubiyatdan keyin futbolchilarni ruhiy o'radan olib chiqib ketishim kerak edi. O'sha bahsni tezroq unutish uchun ko'rib ham chiqmadik. 

"Olimpik" o'tgan yil Superligada o'ynagandi. Tarkibi o'zgarib ketgan. Jamoa "Lokomotiv"ga qarshi juda yaxshi o'ynadi va 2:0 hisobida oldinda ham bordi. Har bir futbolchisining kelajagi bor deb o'ylayman. 

Standartlar ustida ko'proq ishlashimiz kerakligi bilamiz. Yigitlarimizga biroz tajriba ham etishmayapti. Mashg'ulotlarda ko'proq ishlaymiz. 

Asadulla Qutiboev "Nasaf"da edi va mart oyida bizning jamoamizga kelib qo'shildi. Shu bois hali to'la kirishib ketgani yo'q. 

Ruslan Anuarov va Shuhrat Daryabaev sariq kartochkasi borligi uchun almashtirdik. Qizil kartochka olib qo'ymasligi uchun shunday qildik", - dedi Aybek Nurbaev.



Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика