So’nggi yangiliklar

23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  0 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  0 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  2 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  0 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  2 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  2 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  11 18:39"Юве" Копмейнерс бўйича таклифни яхшилайди – олдинроқ хавбек учун 45 млн евро беришганди. "Аталанта" уни 60 миллионга баҳоламоқда  0 18:15"Реал" Карвахаль ва Менди билан келишувни узайтиради  1 17:55Зафармурод Абдираҳматов: "Биз қўлимиздан келганча ҳаракат қилдик, лекин тўп дарвозага киришни истамади"  61 17:32"Интер" ва Дюмфрис йилига 4 млн евро маош билан 2028 йилгача шартнома бўйича келишувга эришди. Дензелга МЮ қизиққанди  1 17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  1

Ayb na Abramov va na Qosimovda edi! Yangiliklar

Ayb na Abramov va na Qosimovda edi!

Eronga uchralgan mag'lubiyatdan so'ng Abramovga chiqish eshiklari ko'rsatildi, KXDRdan keyin o'z arizasiga binoan Qosimov ishdan ketdi.

Ularning birini ishdan olishdi, ikkinchisi OAV va muxlislarning talabiga ko'ra o'zi ketdi. Inileev ham paytida o'z istagi bilan terma jamoani tark etdi. Lekin murabbiylarni almashtiraverganimiz bilan Janubiy Koreya, Eron yoki Yaponiyani yutadigan jamoa bo'lib qolmayapmiz. Hozir bizga istagan chet ellik mutaxassisni olib keling, mayli o'sha chaqirilmayotgan futbolchilarni ham terma jamoaga chaqiraylik. Biz yillar davomida mag'lubiyatga uchrab kelayotgan Janubiy Koreyani yuta olamizmi?

Keling, kallani bir joyga qo'yib aql bilan fikr yuritamiz. Kechagi o'yin 100%ligicha Babayanniki. CHunki maydonda OAV etirof etgan o'yinchilar va mutaxassislar tomonidan taklif qilinganlar emas, u tanlagan futbolchilar harakat qildilar. Agar ko'pchilik istayotgan futbolchilar bilan maydonga tushganida, unga nisbatan qilinayotgan tanqidlar bugungidek ko'p bo'lmasdi. "Borimiz shu-da", - deb qo'yaverardik. 

Qosimov 2008 yil uchun tayyor emasdi. Ammo, uni terma jamoaga ikkinchi kelishi boshqacha bo'ldi. Yangi Zellandiya, safarda BAA ustidan qozonilgan yirik hisobdagi g'alaba, Osiyo chempionatida Saudiya Arabistonini hakamga qo'shib mag'lub etganimiz va bizni hech tinch qo'ymayotgan Janubiy Koreyaga o'yin borasida yutqazmaganimiz. U endi "pishgan" joyida ishdan ketdi. 

Abramov keyingi faoliyatida qanday ishlardi hech kim bilmaydi, chunki u ishdan olingan. Uning oxiri bo'lmadi. Oxiri g'alaba bilan tugarmidi yoki mag'lubiyat, buni endi bila olmaymiz. Fakt shundan iborat-ki, Vadim Karlenovich davrida terma jamoamizning o'yinlari umuman boshqacha edi.

Bundan to'rt yil avvalgi maqolam kechagidek yodimda, "Biz 2014ga ham, 2018ga ham chiqa olmaymiz, toki, ichki tizimni to'g'irlamagunimizcha", - deb qayd etgan edim. Maqola, maqolaligacha qolib ketdi. Odatga ko'ra ayb murabbiydan qidirildi. O'shanda asl aybdorlar topilganida edi, o'shanda tizimni yangilab oliy ligaga jon ato etilganida edi. Biz 2018ga emas, 2022 yilga harakat qilsak bo'lardi. Odil Ahmedovga kechagi o'yinda rosti achinib ketdi. Tennis to'piga o'xshab, u erdan bu erga uchadi. 2022 yil uchun bizda Odilning o'rnini bosadigan o'yinchini ko'rayapsizlarmi? Oliy liga zaxirasida bormi shunday futbolchi? 22 yoshida liganing eng yaxshilari qatoridan joy olgandi. Hozir shu yoshda kimni etirof etasiz? Hech kimni, chunki qolmayapti bizda yaxshi o'yinchilar. Bu o'yinchilarni aybi emas, eplagani-ku, shu tizimni engib chiqib o'ynashyapti. Qanchadan - qancha istedodlar o'tish bosqichidan o'ta olmayaptilar. 

Kimgadir Abramov yoqadi, kimgadir Qosimov. Yana kimlardir Babayanni maqul ko'rishdi. Lekin bir narsaga etibor bering, bu uch mutaxassisning bari Osiyoning etakchi to'tr jamoasi oldida ojiz bo'lib qolaveryaptilar. 2011 yilgi Osiyo Kubogini olamiz. Yarim finalga kelib jiddiy raqibga duch keldik, mag'lubiyat. Uchinchi o'rin uchun o'yinda Janubiy Koreyani yuta olmadik. 2013 yil JCH yo'lidagi eng muhim o'yinda yana koreyslardan ustun kela olmadik. Bu bosqichda ham huddi shu narsani kuzatyapmiz, Eron va Janubiy Koreya o'zi uchun kerak o'yinda bizdan ochkoni ola bildi. Ichki resursni kuchaytirmay turib, ichki murabbiylar bilan natijaga erishib bo'lmaydi. Biz Osiyoning to'rt jamoasi qatorida emasmiz. JCHga chiqish uchun o'sha to'rtlikda bo'lish kerak. 2022 yilda ham bu to'rtlikda bo'la olmasligimizni barchangiz yaxshi bilasiz.

To'rtlikda bo'lish uchun, har bir jamoada akademiya bo'lishi kerak;

To'rtlikda bo'lish uchun, rosmana "PRO" licenziyaga o'qish kerak, bizdagi kabi qo'l uchida, birov yozib bergan konspekt asosida emas. Yana bir malumotni o'zingiz uchun, aytib o'taman. Bizdagi "PRO" licenziyasi Evropa, Osiyodan Avstraliyaga o'tmaydi. Yaponiya va Janubiy Koreyada esa biz tomonimizdan beriladigan "PRO" licenziyalariga jiddiy etibor qilinmaydi;

To'rtlikda bo'lish uchun, OLIY LIGA rosmana ishlashi kerak; 

To'rtlikda bo'lish uchun, BIRINCHI LIGAda oliy ligaga chiqish uchun kurashadigan hech bo'lmasa 5ta jamoa bo'lishi kerak;

To'rtlikda bo'lish uchun, yoshlar ligasida yoshlar o'ynashi kerak, natija uchun qariyalarni tushirish emas;

To'rtlikda bo'lish uchun, 15-17 va 17-19 yoshli futbolchilar uchun maxsus liga bo'lishi kerak;

To'rtlikda bo'lish uchun, Sizda Evropa va Osiyoning grand federaciyalari bilan diplomatik aloqalar yo'lga qo'yilgan bo'lishi kerak. SHunda Siz ular yordamida mutaxassislaringizni tajribasini oshirib borish imkoniyatiga egasiz.

Yana to'rtlikda bo'lish uchun juda ko'p ishlar qilinishi kerak. Eng avvalo bizda aniq dasturni tuzib chiqmoq kerak. 

Nazariy jihatdan JCH uchun imkoniyatimiz hamon saqlanib turibdi. Eng yomoni shunda. Saqlanib turibdi deb keyingi o'yingacha hech nima qilmay o'tiraverishimizda. Necha yillardan beri JCHga chiqa olmaymiz, o'sha yillardan beri echim haqida o'ylamayapmiz. Nega istedodlarga boy o'lkadan boshqa Qosimov chiqmayapti, nega Odil yakkalik qilayapti? Nega terma jamoada qariyalar ko'payib ketdi? Qani shuncha yillardan beri futbol maktablarida to'p tepib kelayotgan yoshlar? Ular hozir nima uchun MTJda emas, futboldan tashqarida degan savol berilmyapti? Messi misolida kasal boladan, jahon futbolining etakchi ko'rinishini yasay olgan "Barselona" qilgan ishni, nima uchun biz Osiyoning hech bo'lmasa to'rtinchisi bo'lish uchun sog' bolalardan MTJ saviyasidagi o'yinchilarni etishtira olmayapmiz? 

MTJning natijalari, biz tomonimizdan yo'l qo'yilayotgan va qilishni istamayotgan ishlarning mevasi! 

Yana bir qo'pol xato shundan iborat bo'ldi-ki, hali yaxshi posbonlarni tayorlamay turib oliy ligada horijlik darvozabonlar xizmatidan voz kechganimiz. Biz avval darvozabonlar etishtirib beradigan murabbiylarni tarbiyalaylik, keyin darvozabonlarni. Hali birinchisini bajarmay turib, qaerdan biz yaxshi darvozabonlarga ega bo'lamiz? Darvozabonlarni etishtirish borasida dastur bormi? Qaysi metodika asosida ularga tarbiya berayapmiz? Yil boshida o'tkazilgan 2 haftalik yig'indan boshqa nima qilindi? Bir qiziqing, nechta jamoada yosh darvozabonlar bilan ishlaydigan murabbiylar bor? O'sha horijlik posbonlardan biznikilar ko'p narsa o'rganishayotgandi. Endi kimdan o'rganishsin?

SHu vaziyatda bizga horijlik murabbiy yordam bera oladimi? Bera oladi, hech bo'lmasa Suriya kabi etakchi jamoalar bilan durang o'ynashni o'rganishimiz mumkin. Lekin yutish uchun, avval ichki tizimni to'g'irlashimiz kerak. 

Buning uchun "JCH-2026" dasturini ishlab chiqishimiz va uning ustida butun O'zbekiston bo'ylab ish olib borsak, ana o'shanda biz Osiyoning to'rtinchi jamoasi bo'lamiz! 10 yil uzoqmasmi deysizmi? Germaniya 2004 yildan keyin 10 yillik dasturini ishlab chiqdi, natijani barchangiz ko'rib turibsiz.


Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting: +128   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика