"Ayaks"ga yangi murabbiy tayinlandi
12 may 2022 20:26
Yangiliklar


"Ayaks"ga yangi murabbiy tayinlandi
Amsterdam klubi Alfred Sxroyderni bosh murabbiy etib tayinlaganini elon qildi.
"Ayaks" rasmiy sayti xabariga ko'ra, 49 yoshli niderlandiyalik bilan tuzilgan shartnoma ikki yilga mo'ljallangan va u yana bir mavsumga uzaytirilishi mumkin.
Sxroyder "Ayaks" bosh murabbiyi Erik ten Xag o'rnini egallaydi, u esa "Manchester Yunayted"ni boshqaradi. 2018/19 yilgi mavsumda u Amsterdam klubida ten Xagning yordamchisi sifatida ishlagan. Keyinchalik "Barselona"da Ronald Kumanga assistentlik qilgan. 2022 yilning yanvarida esa "Bryugge" klubi boshqaruvini qo'lga olgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar